Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148
2 5237912101523035255

Nutqning  boyligi.  Nutqning  boy  yoki  kambag'alligi  unda  tilning  bir-biridan  faq  qiladigan 
unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik 
kam  takrorlangan  bo'lsa,  bu  nutqning  boylik  darajasi  shunchalik  yuqori  bo'ladi  yoki,  aksincha, 
muayyan til unsurining takrori ko'p bo'lgan nutq kambag'al nutq hisoblanadi va uning ta'siri ham 
shunga yarasha bo'ladi.  
Boy  nutq  tuzish  uchun  ifodalarning  bir  xilligidan  qochish,  ayni  bir  tushuncha  yoki  fikrga 
farqli «liboslar» topish va kiydirish lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining 
boy  va  faol  zahirasi  mavjud  bo'lishi  kerak.  Boshqacha  qilib  aytganda,  notiq  etarli  darajadagi 
so'zlar,  ularning  ma'nolari,  so'z  birikmasi  va  gap  modellari,  jumlaning  intonasiya  va  melodika  
turlari zahiralariga sohib bo'lmog'i talab etiladi.  
Leksik, semantik, grammatik, intonasion jihatdan rang-baranglik nutqning boyligini yuzaga 
keltiradi. 
O'zbek  tili  har  jihatdan,  xususan,  lug'at  xazinasi  nuqtai  nazaridan  benihoya  boy  va 
rivojlangan tildir. Shuning uchun ham bu qadim tilda adabiyot yaratilgan. 
Tilimizda  muayyan  bir  tushunchani  ifodalashning  bir  qancha  xilma-xil  imkoniyatlari 
mavjudki,  ularni  ishga  solish,  nutqning  boyligini  ishga  solish,  nutqning  boyligini  ta'minlashga 


xizmat  qildirish  uchun  muntazam  e'tibor  va  sa'y-harakt  lozim  bo'ladi.  Shu  e'tibor  susaydimi, 
nutqning boyligi tushunchasining mohiyatiga putur etaveradi. 
Tilimizdagi sodda va qo'shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari, 
bu  qoliplar  asosida  yaratilishi  mumkin  bo'lgan  millionlab  jumlalar  boy  nutq  tuzish  uchun 
imkoniyatdir. 
Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo'lsa, nutqning boyligini ta'minlash uchun eng 
qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. So'zlashuv uslubiga oid nutqda leksik, semantik va 
intonasion rang-baranglik notiqning mahoratiga ko'ra muntazam yuzaga chiqishi mumkin. Ilmiy 
va rasmiy nutqda esa boylikka qaraganda mantiqiylik va qoliplashganlik ustuvorlik qiladi. 
Aytish  mumkinki,  badiiy  nutq  o'z  tabiati,  mohiyati  va  maqsadiga  uyg'un  holda  boylikka 
moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq esa hech qachon estetik ta'sir quvvatiga sohib bo'la 
olmaydi, estetik quvvatsiz esa badiiy nutq o'zining bosh vazifasini bajarishi mushkul. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin