Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Abdulla 
Qodiriy
(1894 –1938)


251
ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamonasining eng 
bilimdon kishilaridan biriga aylandi.
1917-yilgi  to‘ntarishlargacha  o‘ziga  to‘q  xonadonlarda 
turli yumushlar bilan band bo‘lgan: prikazchik (yugurdak-
lik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan. Abdulla Qodiriy Oktabr 
to‘ntarishidan  keyin  qator  sho‘ro  idoralarida  xizmat  qildi. 
Hamisha xalq orasida bo‘lgan, uning ehtiyojlarini, og‘riqli 
joylarini,  kayfi yat-u  istaklarini  bilgan  yozuvchi  asarlari-
dagi  dilbar  obrazlar  orqali  o‘zi  mansub  bo‘lgan  xalqning 
turmushini  yaxshilash,  ma’naviyatini  yuksaltirish,  milliy 
g‘ururini uyg‘otishga intildi.
Uning  hikoyalari  chiqqan  jurnallar,  gazetalar  qo‘lma-
qo‘l bo‘lib ketardi. Felyetonlari bosilgan «Mushtum» jur na-
li  hamisha  talash  bo‘lardi.  Romanlarini  o‘qish  uchun  nav-
bat  kutib  turganlarning  sanog‘iga  yetib  bo‘lmas,  «O‘tkan 
kunlar» romanini yod biladigan kitobxonlar bor edi. Chun-
ki adib inson ruhiyatining sirli va nozik jihatlarini chuqur, 
ta’sirli  va  haqqoniy  aks  ettirardi.  Uning  asarlari  yolg‘iz 
haqqoniylikdan  tashqari,  go‘zal  ifoda  uslubi  bilan  ham 
ajralib turardi. O‘zbek adabiy tilining hozirgi shaklini bun-
yod etishda hech bir yozuvch i Abdulla Qodiriy kabi muhim 
o‘rin tutmagan.
Haq gapni hayiqmay aytayotgan, millatiga o‘zini tanita-
yotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni 
egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdak-
lariga  yoqmasligi  tayin  edi.  Shu  bois  qisqagina  umri  mo-
baynida Abdulla Qodiriyga ko‘p bor chovut solishdi.
1926-yildayoq  «sho‘ro  rahbarlarini  matbuot  orqali  ob-
ro‘siz lantirdi»  degan  uydirma  ayb  qo‘yib,  adibni  qamoqqa 
hukm qilishdi. Lekin aybning uydirmaligi, guvohlarning sox-
taligi shu darajada ayon ediki, adibni qamoqqa tiqishga jur’at 
etishmadi.  Bu,  zamon  zo‘rlari  nazarida,  yozuvchini  o‘ziga 
xos «ogohlantirish» edi. Adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri» 
xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi.


252
«O‘tkan  kunlar»,  «Mehrobdan  chayon»,  «Obid  ket-
mon» singari roman va qissalari bilan nafaqat O‘zbekiston, 
balki  butun  Turkiston  xalqlari  ma’naviy  ravnaqiga  hissa 
qo‘shgan  adibni  1937-yilning  31-dekabrida  ikkinchi  bor 
olib  ketishdi.  Bu  davrda  Stalin  boshqarib  turgan  qatag‘on 
mashinasi  ti nim  bilmay  ishlar  va  bu  mashina ning  yax-
shi  yurmog‘i  uchun  yangidan  yangi  qurbonlar  zarur  edi. 
Adolat ning ko‘chasidan ham o‘tmagan hukumatning o‘ziga 
yarasha  sudlari  1938-yil ning  5-oktabrida  XX  asr  o‘zbek 
nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o‘zbeklarning eng 
fi doyilaridan  birini  o‘limga  hukm  qildi.  Shu  tariqa,  millat 
jallodlari tomonidan o‘zbek adabiyotining yana bir chinori 
qulatildi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin