1. Asardagi: «Anvar ohorliq yangi yo‘rgak ko‘rmaga- nidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qquzinchi kun belandi emas, tiqildi» tasvirini izohlang.
2. Yozuvchining: «Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkinchi kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi» tarzidagi
ta’kidi sababi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.
3.«To‘qquzinchi», «yigirma ikkinchi» kabi aniqliklarning
ha yotiy sababi va badiiy vazifasi haqida fi krlang.
4. Anvarlar oilasidagi og‘irchilikning bu qadar quyuq tas-
virlanayotganligi sababi haqida fi kr yuriting.
5. Nodiraning Anvarga ayricha mehri asarda qanday tasvir-
langaniga e’tibor qiling.
6. Anvar hayotidagi o‘zgarishlarda opasi Nodiraning o‘rni
qandayligiga to‘xtaling.
7. Solih maxdum bilan Mohlar oyimning Anvarga munosa-
batidagi farq tasvirlangan o‘rinlarni sharhlang. Bu obraz-
larga baho bering.
8. Anvarning tabiatiga xos xususiyatlar tasvirini o‘qing va
izohlang.
1
Muassir – ta’sirchan.