Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Mirtemir
(1910 –1978)


327
Men bir-ikki yil shu bobom maktabida o‘qidim». Shoir ke-
yinchalik qishloqda ochilgan no‘g‘ay domla maktabida tah-
silini  davom  ettiradi.  Shoirning  otasi  Tursunmat  Umarbek 
o‘g‘li ham adabiyotga iхlosmand edi. 
Turmush  qiyinchiliklaridan  cho‘chimagan,  ilmga  chan-
qoq  Mirtemir  11  yoshida  amakisiga  qo‘shilib,  Toshkent-
ga  qochib  keladi  va  Beshog‘ochdagi  «Almaiy»  nomidagi 
ishmaktabga  joylashadi.  Ikki  yil  bu  maktabda  o‘qigach, 
Toshkentning  yangi  shahar  qismidagi  «O‘zbek  erlar  bilim 
yurti»ga  ko‘chadi.  Shoir  ham  o‘qib,  ham  ishlagan  o‘sha 
yillarning  mashaqqatini  shunday  eslaydi:  «Ishmaktab-
da  ham,  bilim  yurtida  ham  o‘zimiz  ekar,  o‘zimiz  yig‘ar 
edik,  o‘zimiz  tikar,  o‘zimiz  kiya r  edik.  Deyarli  hamma 
hunar  o‘rgatilar  edi.  Og‘ir  yillar  edi;  to  1924–25-yillarga-
cha  хo‘ragimiz  har  kuni  ikki  yo  uch  marta  bir  burdadan 
qora  non  va  tushlik  bir  cho‘mich  bo‘tqa  edi.  Ishmaktab-
ning bog‘i Chilonzorda, bilim yurtining bog‘i Ko‘kterakda 
edi.  Yoz  bo‘yi  hamma  bog‘da  ishlardi  va  rangga  qon, 
bo‘yga  jir  bitib  qaytardik.  Bilim  yurtida  o‘qishlar  og‘ir, 
o‘qituvchilar  talabchan  bo‘lib,  kechasi  allamahallargacha 
sovuq bo‘lmalarda dars tayyorlardik».
1929-yili bilim yurtini tugatgan Mirtemir yo‘llanma bi-
lan  o‘sha  vaqtda  poytaхt  bo‘lgan  Samarqand  shahriga  ke-
ladi.  Bu  shahardagi  Pedakademiyada  (hozirgi  Samarqand 
davlat  universiteti)  o‘qish  bilan  birga  O‘zbekiston  Marka-
ziy  ijroiya  qo‘mitasining  raisi  Yo‘ldosh  Oxunboboyevga 
shaхsiy  kotib  bo‘lib  ishlaydi.  Shoir  hayotining  Samarqand 
davri qizg‘in ijodiy izlanishlar davri bo‘ldi. U Hamid Olim-
jon  bilan  do‘stlashib  qoladi.  Lekin  oradan  ko‘p  o‘tmay, 
Mirtemir tuhmat bilan qamaladi va qamoq muddatini uzoq-
da – Shimoldagi  Belomorkanal  qurilishida  o‘taydi.
Mirtemirning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni o‘zbek 
kitobxoni  uchun  ardoqli  qilgan  narsa  –  uning  she’riyati. 
Mirtemir  samimiy  tuyg‘ularni,  nozik  kechinmalarni  sodda 
va  tu shunarli  ifodalay  oladigan  san’atkor.  Rost  tasvir,  bu-


328
ning  ustiga,  tuyg‘ular  sherikligida  amalga  oshirilgan  aniq 
tasvir hamisha esda qoladi. Hammaga, ayniqsa, siz yoshlar-
ga ardoqli bo‘ladi. Badiiy nafasi bilan safl arimizni to‘ldirib 
yurgan,  avlodlarining  pokiza,  ma’rifatli,  oriyatli  bo‘lishini 
istagan  Mirtemirning  she’riyati  sizning  hamishalik  ham-
rohingiz bo‘lib qolishiga ishonamiz.
1971-yilda  «O‘zbekiston  xalq  shoiri»  unvonini  olgan 
Mirtemir 1978-yilning 25-yanvarida vafot etadi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin