Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/156
tarix08.03.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#114787
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

diiy obraz deyiladi.  Obrazlar  bosh  va  epizodik  singari  tur-
larga  bo‘linadi.  Asarning  boshidan  oxirigacha  qatnashib, 
tasvirda  muhim  o‘rin  tutuvchi  ishtirokchi  bosh  qahramon 
de yilsa,  asarning  bir-ikki  o‘rnidagina  qatnashib,  keyin  tu-
shib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyila-
di. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxon-
lar  bosh  timsollar  bo‘lsa,  shirvonlik  kampir  ena,  aka-uka 
kallar, Oqqiz epizodik ob razlardir. 
Badiiy  asarlarning ta’sir darajasini oshirish uchun 
unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos sifat-
xususiyatlarning orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a  deyiladi. 
Mubolag‘a  obrazni  bo‘rttirish  orqali  uning  ta’sir  kuchi-
ni  oshirishga  qaratilgan  bo‘ladi.  «Ravshan»  dostonida 
Hasanxonning  g‘azabi,  Jay noqning  jismoniy  qudrati  juda 
oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Mubolag‘a xalq 
dostonlarida  juda  ko‘p  qo‘llaniladigan  tasvir  vositasidir.
Mumtoz  adabiyotda  behad  orttirilgan  mubolag‘a  bulug‘ 
yoki  ifrot  ham  deyiladi.  Aqlga  sig‘maydigan  darajadagi 
mubolag‘a esa g‘ulu bo‘ladi.


168
utun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, tur-
kiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldi-
rish,  turkiy  davlatchilik  asoslarini  mustahkam-
lash,  jamiyatda  haqiqat  va  adolat  mezonlarini 
qaror  toptirishga  bag‘ishlagan  bobokalonimiz 
hayoti  haqi dagi  ma’lumotlarning  deyarli  bar-
chasi  saqlanib  qolgan.  Хalq  ichida  bu  zotning  hayoti  va 
faoliyati  bilan  bog‘liq  rivoyat  va  afsonalar  ham  talaygina. 
Chunki  bunday  zotlarning  yashash  tarzi,  qilmishlari  ibrat, 
aytmish so‘zlari haqiqatdir. 
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Хuroson o‘lkasining 
poytaхti  Hirotda  tug‘ildi.  Alisher  bolalikdan  ma’rifatli 
oila  muhitida  tarbiya  topdi.  Navoiyning  otasi  G‘iyosiddin 
Muhammad  (uni  «G‘iyosiddin  kichkina»  ham  der  edi-
lar)  temuriy larga  yaqin  amaldorlardan  bo‘lib,  o‘z  davri-
ning  obro‘li  va  ma’rifatli  kishilaridan  sanalgan.  Adabiyot-
shunos  Davlatshoh  Samarqandiyning  yozishicha,  u  o‘g‘li 
Alisher ning tarbiyasiga e’tibor bergan va kelajakda fazilatli 
odam  bo‘lib  yetishmog‘i  uchun  astoydil  harakat  qilgan. 
Onasi  Kobul  amirzodalaridan  Shayx  Abusaid  Changning 
qizi  bo‘lgan.  Bo‘lajak  shoirning  tog‘alari  Mir  Said  (Mir-

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin