Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh
mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish ishlari ham 2009
yilda ustuvor vazifa bo‘lib qoldi
Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha
boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan
ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim bo’ldi.
Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning
ishini tubdan qayta tashkil etishga erishildi.
Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning
iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish imkonini berdi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda
maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash, shular
asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada
oshirish bo‘yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli
zamin yaratildi
|