12-bob. Mushrik ota uchun Allohdan afv so’ramaslik haqida
23. Abdulloh ibn Abbos(r.a.) aytdilar: "Alloh taoloning: "Rabbingiz, Uning O’zigagina
ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey, inson!) Agar
ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf"!.." dema va
ularni jerkima. Ularga (doimo) yoqimli so’z ayt! Ular-ga mehribonlik bilan xorlik qanotini
past tut va (duoda) ayt: "Ey, Rabbim! Meni (ular) go’daklik chog’imda
tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qil-gin"(17:23, 24), degan oyatlarning hukmi
"Tavba" surasidagi: "Na payg’ambar va na mo’minlar mushriklar uchun, garchi ular
qarindoshlari bo’lsa ham - ularning do’zax ahli ekanlari ma'lum bo’lgandan keyin –
istig’for (gunohlarini kechirishni) so’rashlari joiz emas", degan oyat bilan nasx qilingan
(9:113)", dedilar".
Uff - jerkish, sendan bezor bo’ldim, degan ma'noda.