144-bob. Alloh taolodan axloqini yaxshi qilishni so'ragan kishi haqida
310. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ko'pincha: "Ey, Rabbim! Men
sendan tan sog'ligini, nafsi ammoradan saqlashingni, O'zingga va xalqlaringga ishonchli
bo'lishning yaxshi axloqli bo'lish va taqdirga rozi bo'lishga muyassar qilishingni
so'rayman", deb duo qilar edilar".
311. Yazid ibn Bobanus aytdilar: Biz hz. Oyisha (r.a.) huzurlariga kirib: "Rasululloh
(s.a.v.)ning axloklari qanday edi?" - deb so'radik. Hz. Oyisha (r.a.): "Rasululloh
(s.a.v.)ning axloklari Qur'onda buyurilganning xuddi o'zi edi", dedilarda: "Sizlar
"Mu'minun" surasini o'qiysizmi?" - deb so'radilar va menga: "Qani "Qad aflaha-l-
mu'minun" (Mo'minlar najot topdilar)dan o'qib ber-chi", deb buyurdilar. Men "Ular
namozlarida o'zlarini kamtar tutuvchidirlar. Ular (behuda so'z va ishlar)dan yuz
o'garuvchidirlar. Ular zakotni ado etuvchidirlar. Ular avratlarini (haromdan)
saqpyuvchidirlar", degan (23:1-5) oyatlarni o'qidim. Shunda hz. Oyisha (r.a.):
"Rasululloh (s.a.v.)ning axloklari xudtsi mana shu oyatlarda buyurilgatsdek edi", dedilar.