319. Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Kishilarga la'nat etuvchilar qiyomat kuni
shohid ham, shafoat qiluvchi ham bo'la olmaydilar", dedilar".
Shohid "guvoh bo'luvchi" ma'nosida bo'lib, qiyomatda boshqa payg'ambarlar o'z vazifalarini ummatlariga yetkazganlari haqida guvoh bo'luvchi yoki ular fosiq bo'lgani uchun boshqa kishilar haqida guvohlik bersalar, guvohliklari shariatda qabul qilinmaydi yoxud qiyomat kuni shohid kishilar qatorida bo'la olmaydilar va shafi' esa, qiyomat kuni qavm-qarindoshlari va do'st-birodarlariga shafoat qila olmaydilar, ma'nosida.
320. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohga chin ko'ngil bilan qattiq
ishonuvchi kishi boshqalarga la'nat yog'diruvchi bo'lmasligi kerak", dedilar".
321. Huzayfa ibn Yamon (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Qaysi bir jamoat bir-birlariga
la'nat yog'dirsa, la'natlari o'z ustilariga yog'iladi", dedilar.