342. Abu Muammar (r.a.) aytdilar: "Bir kishi tik turib amirlardan bittasini maqgadi.
Shunda Miqdom ibn Asvad uning yuziga tuproq sochdilarda, Rasululloh (s.a.v.) ortiqcha
maqgovchilarga shunday tuproq sochmog'imizni buyurganlar, dedilar".
343-hadis yuqoridagi hadisning takroridir.
344. Rajo ibn Abi Rajo (r.a.) aytdilar: "Men bir kuni Mahjon Aslamiy (r.a.) bilan
basraliklar masjidiga bordim. Burayda Aslamiy masjid darvozalaridan biri oldida o'tirgan
ekan. Hazil qilishga o'rgangan Burayda masjidda namozni uzoq o'qiyotgan Sakba-ni
Mahjonga ko'rsatib: "Sen ham shu Sakbadek namoz o'qiysanmi?" - deb so'radilar.
Mahjon Buraydaga javob qaytarish o'rniga Payg'ambarimiz (s.a.v.) bilan bo'lgan bir
voqeani hikoya qilib berdi: "Rasululloh (s.a.v.) bir kun mening qo'limdan ushladilarda,
"Qani yur", deb o'zlari bilan piyoda olib ketdilar. Ikkimiz birgaliqda Uhud tog'iga chiqtsik.
Rasululloh (s.a.v.) Madinaga qarab turib "Ey, afsus! Bu shahar eng obod bo'lgan bir
vaqtda egalari tashlab ketadilar. Shaharga Dajjol kirmoqchi bo'ladi. Lekin hamma
darvozalarida farishtalar turganini ko'rib, kirolmay qaytib ketadi", dedilar. Keyin tog'dan
pastga tushib masjidga bordilar. Masjidda ruku', sujudlarini yaxshilab namoz o'qiyotgan
bir kishiga ko'zlari tushdida: "Bu odam kim?" deb mendan so'radilar. Men: "Bu falonchi",
deb uni maqtay boshladim. Rasululloh (s.a.v.): "Bo'ldi, bunday maqtovingni uning o'ziga
eshittirma, uni halok qilasan!" - dedilar. Keyin ozgina yurib hujralari (ayollarning xonasi)
oddiga bordilar va muborak qo'llarini silkitib turib: "Dinimizdagi amallarning eng yaxshisi
yengil va oson bo'lganidir", deb bu so'zlarni uch marotaba takrorladilar".