Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
345. Avs ibn Sari' (r.a.)dan
rivoyat qilitsdi, u kishi "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
kelib: "Yo Rasulalloh! Men she'r bilan Alloh taoloni va sizni maqtadim", dedim.
Rasululloh (s.a.v.): "Allohhamdni sevadi", dedilar. Keyin men she'rimni
Rasululloh
(s.a.v.)ga o'qiy boshladim.
Shu vaqtda novcha, boshining old tomonida sochi yo'q bir
kishi kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi.
Shunda Rasululloh
(s.a, v.) menga: "Bo'ldi, jim o'gir", dedilar. Keyin u kishi kirib Rasululloh (s.a.v.)
bilan
ozgina so'zlashdida, chiqib ketdi. Yana she'rimni o'qiy boshladim. U kishi yana keldi.
Rasululloh (s.a.v.) yana menga "jim o'tir", dedilar. Xullas, u
kishi ikki yo uch marotaba
keldi. Rasululloh (s.a.v.) esa har kelganda meni jim turishga buyurardilar. Keyin men:
"Yo Rasulalloh! Bu kshpi kim bo'ladiki, har kelganda meni o'qishdan to'xtatdingiz?"
- deb
so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu kishi botil gapni (she'rni) yaxshi ko'rmaydigan odam" ,
dedilar" .
Dostları ilə paylaş: