Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Ya'ni bunda xato va kamchilikdan holi bo'lmaydi, do'stlari albatta uni kechirmoqlari
lozim. Do'stidan kamchilik o'tishi bilanoq ajralib ketadigan do'stning do'stligi haqiqiy
emas.
407. Anas ibn Molik (r.a.)ning amakivachchalari Hishom ibn Omir (r.a.)dan rivoyat
qilindi. Bu kishi: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech bir kishining ikkinchi musulmon birodari
bilan uch kechadan ortiq gaplashmay yurishi joiz emas. Shu ikkalasi shunday holatda
bo'lgan davrda haq yo'ddan chetlashgan bo'ladilar. Ulardan qaysi biri avval yaxshilik,
mehr-shafqat qilish tomoniga o'tsa, gunohida kafforat bo'ladi. Ular shunday gaplashmay
yurgan holicha dunyodan o'tsalar, ikkalasi ham jannatga kirmaydi. Agar ulardan qaysi
biri salom bersa, ikkinchisi javob qaytarmasa, salom berganiga farishta va javob
qaytarmaganiga esa, shayton javob qaytaradi", degan gaplarini eshitdilar.
408. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi. U zot aytdilar: "Rasululloh menga: "Sening
mendan g'azablanganligingni ham, rozi bo'lganligingni ham albatta bilaman", dedilar.
Hz. Oyisha: "Uni qanday bilasiz?" - deb so'raganlarida, Rasululloh: "Mendan rozi bo'lgan
vaqtingda savolimga: "Ha, Muhammad (a.s.)ning parvardigori bilan qasam ichib
aytaman", deysan. Mendan arazlaganingda esa: "Yo'q, Ibrohim (a.s.)ning parvardigori
bilan qasamyod qilaman", deysan", dedilar. Hz. Oyisha Rasulullohning to'g'ri aytganlarini
tasdiqlab: "To'g'ri, lekin faqat nomingiznigina aytmayman, dedim", deb hikoya
qiladilar.Hz. Oyisha (.a.)ning Rasululloh (s.a.v.)ga to'g'ri aytdingiz, deb qo'ya qolganda,
albatta Rasulullohga og’ir tuyulardi.
Keyingi so'zlari bilan hamma vaqt ko'nglim sizda, demoqchi bo'ldilar va shu bilan
Rasulullohning ko'ngillarini shod qildilar.
Dostları ilə paylaş: