Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
uchun o'zingiz olmaydigan molning narxini oshirmang. Bir-biringizga hasad va adovat
qilmang, dunyo ishlarida sendan men o'taman, deb janjallashmang, bir-biringizga
teskari bo'lmang. Ey, Allohning bandalari, hammangaz aka-uka bo'linglar!" dedilar".
416. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Rasululloh (s.a.v.): "Har dushanba,
payshanba kunlari jannatning darvozalari ochiladi va Alloh taologa shirk keltirgan
kishilardan bo'lak hammaning gunohi mag'firat qilinadi, lekin oralarida qattiq adovati
bo'lgan ikki kishi yarashib olmaguncha gunohlarini o'chirishni to'xtatib turinglar,
deyiladi", dedilar".
Ya'ni Alloh taolo tomonidan gunohlarini yozadigan va o'chiradigan muakkil farishtalariga:
"Bular yarashmaguncha gunohlari kechirildi, deb yozib qo'yishdan to'xtab turinglar",
deyiladi
417. Abu Dardo (r.a.): "Sizlarga sadaqa va ro'zadan ham xayrliroq bir narsani aytaymi?
Bir-biriga adovati qattiq bo'lgan yoki arazlashgan ikki kishini yarashtirmoqtsir", dedilar.
418. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Nabiy muhtaram
(s.a.v.): "Uchta katta gunoh bor, kimda shu gunohlardan bo'lmasa, boshqa gunoxlarini
Alloh taolo xohlasa kechirib yuboradi. Birinchisi - Alloh taologa shirk keltirib o'lgan kishi,
ikkinchisi - sehrgarlik bilan shug'ullanadigan va ularga tobe' bo'lgan kishi, uchinchisi -
o'z birodariga gina va hasad qilgan kishi", dedilar".
Dostları ilə paylaş: