443. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) men bilan Zubayr ibn Avom (r.a.)
ikkimizni otga mindirib jo'natdilar: "Ikkalangiz Makka yo'lida, Madina yaqinidagi Xox
degan boqqa borasiz. Xuddi o'sha yerga yetganingizda Xotib ibn Abi Balta'adan Makka
mushriklariga yozilgan bir maktubni olib ketayotgan xotinni uchratasiz. O'sha xotinni
ushlab mening huzurimga olib kelasizlar", dedilar. Biz Rasululloh (s.a.v.) tayin qilgan
joylarda u xotinni tevasiga minib ketayotgan holatida uchratib: "Olib ketayotgan xatingni
bizga ber!" - dedik. Xotin: "Menda hech qanday xat yo'q", dedi. O'zini va tevasini tintib
ko'rdik, xat yo'q. "Rasululloh (s.a.v.) albatta yolg'on aytgan emaslar, uni hozir chiqarib
bermasang, o'zingai yalang'och qilib qaray-miz", deganimizdan keyin, junlik shalvorining
bo-g'ichini yechib undan xatai olib berdi. Biz xatni u xotin bilan birga Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga olib kel-dik. Shunda hz. Umar ibn Xattob (r.a.): "Bu Xotib ibn Abi Balta'a
Alloh taologa, uning Rasuliga va mo'min-lariga xiyonat qiddi, ruxsat bering, men uning
kalla-sini sug'urib olaman", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) Xotibga: "Bunday xat yozib
mushriklarga yuborishga seni nima majbur qildi?" - deb so'raganlarida, u: "Men xat
yubordim, lekin bu xatda Allohga va uning Rasuliga zarari tegadigan hech so'z yo'q.
Faqat siz bilan kelgan hamma muhojirlarning Makkada qolgan qarindoshla-rini himoya
qiluvchilari bor. Ammo mening aslim makkalik bo'lmagani uchun u yerda turgan
qarindoshlarimni himoya qiladigan kishilari yo'q. Shuning uchun mush-riklar ularni
himoya qilarmikan, degan umid bilan xat yuborgan edim", dedi. Shunda Rasululloh
(s.a.v.): "Xotib to'g'risini gapirdi, axir u Badr muhorabasida qatnashganlardan-ku, Alloh
taolo Badrda qatnashganlarga: "Endi nima ish qilsangiz ixtiyorlisiz, sizlarga jannat lozim
bo'ddi, degan emasmi?" - dedilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) kallasini sug'urib ola-
man, degan so'zlariga afsus qilib yig'ladilar va: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq
biluvchidir", dedilar.