Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
yo’liqtirsin", deb duoyibad qilib, qaytib ketdi. Shundan keyin o’sha podachi oldiga kelib
yuradigan xotin bir bola tug’ib qo’ydi. Uni podshoh oldiga keltirib so’roq qilinganda: "Bu
bola ibodatxonadagi rohibdan bo’lgan", deb da'vo qildi. Podshoh: "Uning ibodatxonasini
buzib, o’zini mening xuzurimga olib kelinsin", deb buyruq qildi. Podshohning buyrug’iga
asosan ibodatxona buzilib, Jurayjning qo’lini arqon bilan bog’lab, podshoh huzuriga
keltirdilar. Uni olib kelayotganlarida yo’lda tomosha qilib turgan fohisha xotinlarga ko’zi
tushdida, bir kulib qo’ydi, Keyin podshoh undan so’roq qilib: "Bu xotin tug’ilgan bolani
sendan bo’lgan, deb da'vo qilayotibdi", dedi. Jurayj xotinga qarab: "shundaymi? - dedi.
Xotin: "Ha, shunday", dedi. Shunda Jurayj onaning bag’rida turgan chaqaloqqa qarab:
"Ey, bola, sening otang kim?" - deb so’radi.Chaqaloq tilga kirib: "Otam podachi", deb
javob berdi, uning gapini hamma eshitdi. Podshoh Jurayjga uzr aytib: "Endi
ibodatxonani biz yangidan qurib beramiz", dedi. Jurayj buni qabul qilmagach: "Bo’lmasa
kumushdan quraylikmi?" - dedi. Jurayj buni ham qabul qilmay: "Uni avvalgi holiga
keltirib berilsa kifoya", dedi. Podshoh: "Xo’sh, menga aytchi, qo’lingni bog’lab olib
kelayotganlarida nima uchun kulding?" - deb so’raganda, u: "Yuz bergan voqeani ko’zim
bilan ko’rib kulgim qistadi, u ham bo’lsa onamning menga qilgan duoyibadi edi", dedi-
da, bo’lgan voqeani podshohga va atrofdagi kishilarga hikoya qilib berdi.
Dostları ilə paylaş: