206-bob. Dushmanlar kulgisidan Allohtsan panoh so'rash haqida
446. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh taoloning yomon
qazoyi kadaridan va dushmanlarga kulgi bo'lishdan panoh so'rardilar".
207. Isrof
447. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Sizlarning uchta ishin-gaz uchun Alloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azablik
bo'ladi: birinchisi, ibodatai Allohning o'zigagina qilib, boshqa narsalarni unga sherik
qilmasli-gangazga; ikkinchisi, Alloh taoloning dini va Kur'oniga e'tiqod qilmog'ingizga;
uchinchisi, Alloh taolo sizga boshliq qilib qo'ygan kishiga xayrixoh bo'lmog'ingizga rozi
bo'lsa, bo'lar-bo'lmas gapni naql qilishib yurmog'ingizga, ko'p surishtiravershplik yoki
so'rashlik (gadoylik qilish) va molni noo'rin yerlarga sarf qilib zoe qilmog'ingizga
g'azablanadi", dedilar".
Bu hadisning qisman mazmuni 16-hadisda ham bor.
448. Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Alloh taoloning: "Biror narsani (muhtojlarga xolis)
ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir",
(34:39) degan oyatga "isrof ham, tanglik ham qilmasdan sarflasangiz", deb izoh bergan
edilar.