212-bob. Binolarni baland qilish bilan maqtanish haqida
454. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Odamlar imoratla-rining balandligi bilan bir-birlariga maqtanadigan davr bo'lmaguncha
qiyomat qoyim bo'lmaydi", dedilar".
455. Hz. Hasan (r.a.) aytdilar: "Men hz. Usmon ibn Affonning xalifalik zamonida
Rasululloh (s.a.v.) yashagan uyga kirsam, uyning shipiga qo'lim bemalol yetdi".
456. Dovud ibn Qays Abu Sulaymon Dabbog' (r.a.) aytdilar: "Hz. Rasululloh (s.a.v.)
oilalarining hujralari xurmo daraxtining shoxlaridan yasalgan bo'lib, tashqarisidan yung
lattalari bilan qoplanganligini ko'rdim. Uylarining eni hujraning eshigigacha olti yoki yetti
gaz. Uyning ichi o'n gaz, balandligi esa yetti-sakkiz gazga yaqin, deb taxmin qildim. Hz.
Oyishaning eshiklari Mag'rib tomonga qaragan edi".
457. Abdulloh Rumiy (r.a.) aytdilar: "Men Ummu Talaq degan ayolning uyiga kirdim-da:
"Uyingizning shipi juda past ekan", dedim. Shunda Ummu Talaq: "Ey, o'g'ilcham! Amir
al-mo'minin hz. Umar o'zlarining atrofdagi voliylariga binolaringizni baland qilmang,
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
73
chunki binolarning baland bo'lishi yomon kunlaringizdan biri ekanligining alomatidir, deb
xat yuborganlar", dedi".