Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
219-bob. Muloyimlikning avloliga haqida
478. Abdulloh ibn Mug'fil (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh
muloyimdir. Yumshoq fe'lli bandasini sevadi. U dag'al bandasiga emas, muloyim fe'lli
bandasiga ajr-mukofot beradi".
220-bob. Cho'chitmaslik haqida
480. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga dindagi og'ir
mashaqqatli
amallarni emas, yengil va osonlarini buyuring,
ularni xotirjam qiling, og'ir
amallarni buyurib dindan Qo'rqitib, cho'chitib yubormang", dedilar".
481. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi, aytdilar: "Bani
Isroil qavmidan bir
kishining uyiga mehmon keldi. Ularning hovlisida bir urg'ochi it bo'lib, unga egalari
"Mehmonimizga vovullab uning tinchligani buzmagan", deb tayinlashdi.It o'zi
vovullamasa ham qornidagi bolalari akillashdi. Shunda ular bu voqeani o'z
payg'ambarlariga
zikr qilganlarida, payg'am-barlari: "Bu hol sizlardan keyin bo'ladigan
bir mshshatning holiga o'xshaydi. Ular orasidagi nodonlari donolari ustidan hukmronlik
qiladi", degan ekan".
Dostları ilə paylaş: