490-hadis mazmuni 476-hadisning takrori bo'lib, 476-hadis Abu Hurayra-dan rivoyat qshingan bo'lsa, bunisi Jobir ibn Abdulgohdan rivoyat qilingan.
491. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Keyingi ummatlarimda
insonlik suratlarini boshqa narsalar suratiga aylangarish, zinokorlik va tuhmat qilish kabi
yomon xulqlar va yer yutishlar bo'ladi. Bu ishlar avval zulm qiluvchilardan bopshanadi",
dedilar".
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilshgan 492-hadis 476-hadisning so'nggi jumlasini takror qilgan.
493. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Qiyomat kuni mo'min bandalar do'zaxdan qutilganlaridan keyin, jannat bilan do'zax
o'rtasidagi ko'prikda to'xtatiladi va yorug' dunyoda oralarida bo'lgan turli zulmlar uchun
bir-birlaridan qasos oladilar. Shu qasos olishdan tozalanib bo'lganlaridan keyingina
jannatga kirishlari uchun ruxsat beriladi. Mo'min bandalarning har biri dunyodagi o'z
joyiga adashmay borishda qanchalik mohir bo'lsa, jannatdagi joyiga borishda undan
ko'ra ham mohirroq bo'ladi", dedilar".