www.ziyouz.com kutubxonasi
90
o'qishar va johiliyat zamonida-gi ishlarini eslashar edilar. Ammo kimki Alloh taoloning
amrini noto'g'ri qilishga taklif qilsa, jahllari chiqib ko'zlarining kosasi aylanib ketardi".
567. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Bir chiroyli va husndor kishi
Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzurlariga keldi. U kishi: "Men husnjamolni yaxshi ko'raman
va Alloh taolo xohishimga muvofiq menga bergan chiroyini o'zingiz ko'rib turibsiz.
Bironta odam mana shu oyog'imdagi kovushimning ipicha ham husnda mendan ustun
bo'lishini istamayman. Endi shu odat kibr hisoblanadimi?" - dedi. Shunda Rasululloh
(s.a.v.): "Yo'q, bu kibr emas, haq so'zni tan olmaydigan va odamlarni tahqirlab, o'zini
ulardan ustun hisoblovchi bunday ki-shini mutakabbir deb aytiladi", dedilar".
568. Amr ibn Shu'ayb o'z bobolaridan, u kishi Rasuli amin (s.a.v.)dan rivoyat qildilar:
"Rasululloh (s.a.v.): "Mutakabbir kishilar qiyomat kuni suratlari odamlar shaklida bo'lsa
ham, xorlikdan kishilarni oyog'i ostida ezilib mayda chumoli hajmida bo'lib
mahshargohga boradilar. Mazallat va xorlik butun vujud-larini o'rab olgan holda
do'zaxdagi bo'lis deb ataladigan qamoqxonaga sudrab olib boriladi. Ustlarida lovillab
olov yonib turadi. Tashnalikdan noligan vaqtlaringda do'zaxdagilarning badanidan oqqan
qon yiringlar, iflos narsalardan ichiriladi", dedilar".