252-bob. Zulm qilgan kishidan o'ch olish va g'olib kelish haqida
569. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) bu zotga: "Bor, seni
malomat qilgan kundoshlaringdan o'chingni ol!" - deb o'chlarini olishga ruxsat bergan
edilar'.
570. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) nyung ayollari (kundoshlarim)
Rasululloh (s.a.v.)ning qgazlari hz. Fotimai Zahroni o'zlari tomonidan vakil qgalib, u zot
huzurlariga yubordilar. Fotima (r.a.) kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun
ruxsat so'uradilar. Shu paytda Rasululloh (s.a.v.) mening lungim, pastki kiyim va
chodirimga o'ralib, men bilan birga o'tirgan edilar. Rasululloh (s.a.v.)ning ruxsatlarizdan
keyin Fotima kirib: "Xotanlaringiz faqat Oyishani demay, balki barcha ayollaringizga ham
bir xilda qaramog'ingizni so'rab meni yuborishdi", dedilar. Hz.Fotimaga javoban
Rasululloh (s.a.v.): "Ey, qizcham! Men sevgan kishini sen ham sevasanmi?"- deb
so'radilar. Hz. Fotima: "Siz sevgan kishini men albatta sevaman", degan edilar,
Rasululloh (s.a.v.): "Unday bo'lsa sen bunga (Oyishaga) muhabbat qo'ygin", dedilar.
Shu bilan hz. Fotima Rasululloh (s.a.v.) huzurlarizdan chiqib ayollar oldiga bordilar va
voqeani bayon qjlganlarida, ular: "Siz bizning ko'nglimizdagi maq sadni Rasululloh
(s.a.v.)ga akiqroq tushuntira olmabsiz, yana qaytib boring!" - deyishdi. Hz. Fotima:
"Men Alloh nomi bilan ont ichib aytamanki, bundan keyin Oyisha to'grilarida Rasululloh
(s.a.v.)ga aslo gapirmayman", dedilar. Shundan keyin ular hz. Zaynab bint Jahsh
(r.a.)ni yubordilar. Zaynab ham Rasululloh (s.a.-v.)ning ruxsatlari bilan huzuri oliylariga
kirib, ayollarining iltimoslarini bildirdilar, meni yomonlab koyidilar va mazzamat qildilar.
Shunda Zaynabga javob qaytarishim uchun menga ijozat bersalar, degan umid bilan
Rasululloh (s.a.v.) ga qarayverdim. Oxiri u kishidan o'ch olishimga Rasululloh qarshi
emaslikla-rini bilib olganimdan keyin shu qadar qattiq ta'na qiddimki, hatto so'zlatmay
qo'ydim va g'alaba qozondim. Shunda Rasululloh (s.a.v.) tabassum qilib: "Ha, bu
Oyisha, albatga, Abu Bakr Siddiqning qizlarida", deb qo'ydilar".
Mazkur hadisga bog'liq voqea shunday bo'lgan edi: Rasulullloh (s.a.v.) hz. Oyisha
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
(r.a.)ning xonalarida bo'lgan bir kushi ul zotning boshqa zavjalari hz. Zaynab (r.a.) izn so'ramay achchiq-langan holda kirib kelib, Rasululloh (s.a.v.)ga achchiq-tiziq gapira boshladi. Keyin esa, Oyishaga hujum qildi.. Rasululloh (s.a.v.) unga qarshi biron narsa deb og'iz och-madtsilar. Hz. Oyisha (r.a.)ga javob aytish uchun ruxsat bergan ma'noda: "Zaynab oldingda turibdi, o'chingni olaver", dedilar. Bu hadisga bog'liq voqea to'la tafsiri bilan 570-hadisda kelladi. 2 Bu o'rindagi ota sevgan odamni sevish haqidagi fikr shu kshtobdagi 20, 21 va 22- boblardagi qator hadislar bilan musstahkamlanadi Chunki Zaynab onamiz sohibjamol va Rasuli akram (s.a.v.) nazdi-larida hurmatli bo'lib, onamiz hz. Oyisha (r.a.) bilan Rasululloh (s.a.v.)ga maqbul bo'lshtsda doim musobaqa qilishadigan ayollar edilar.Ya'ni Oyisha (r.a.) otalaridek o'tkir fikrli, ziyrak va savol-ga muloyimlik bilan darhol javob qaytara oladigan ayol deb maqtagan bo'ldilar