263-bob. Qishloqlarda istiqomat qiluvchi kishi haqida
591. Savbon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Ey, Savbon! Kimsasiz
va pastqam joylarda o'garma. Chunki unday yerlarda o'tirish qabr ichida o'tirish bilan
barobardir". Roviy Axmad ibn Osim: "Kufr kimsasiz joylar kabidir", deb qo'shimcha
qiddilar.
592-hadis ham Savbondan rivoyat qshingan bo'lib. 591-hadisning aynan o'zidir.
264-bob. Oqar suv yoqasida o'tirmoq haqida
593. Shurayh aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.) cho'lu sahrolarga
chiqarmidilar?" -deb so'radim. Hz, Oyisha (r.a.): "Albatta, ana shu oqar suvlarning
oldigacha kelar edilar", deb javob berdilar".
594. Amr ibn Abdulloh aytdilar: "Muhammad ibn Abdulloh ibn Usaydni ko'rib qoldim.
Ustiga ixrom yopilgan hayvonga minib ketayotgan ekan. Ixrom hayvonning yelkasidan
to oyog'igacha tushib turar edi. Men undan: "Nega buni hayvon ustiga yopding?" - deb
so'radim. "Otam Abdullohning shunday narsa yopganini ko'rgan edim", deb javob berdi.