595. Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Abdulqoridan rivoyat qilindi, u kishi: "Hz. Umar ibn
Xatgob (r.a.) ansorlardan bir kishi bilan o'tirgan edilar. Shu vaqtda Abdurraxmon ibn
Abdulqori (otam) kelib, ular yonida o'tirdilar. Shunda hz. Umar (r.a.): "Oramizdagi gapni
odamlarga borib aytib yuradigan kishini biz xoxda-maymiz", dedilar. Abdurrahmon hz.
Umar (r.a.)ning gaplariga javoban: "Men o'zim shunday (ya'ni mendan kishilarning
gapini so'raydigan) kishilar bilan o'ti-rishmayman", deganlarida, hz. Umar (r.a.): "Bu
fikring noto'g'ri, ular bilan ham o'tirishaver, lekin bizning gapimizni izhor qilma (sirni
saqla)", dedilar, keyin ansorlarga qarab: "Odamlar mendan keyin kimning xalifa
bo'lishini mo'ljal qilishayotibdi?" - deb so'radilar. Ansorlar muhojirlardan bir necha
kishilar nomini aytib shular xalifa bo'ladi deyishayotibdi.dedilaru, lekin hz. Ali (k.v.)ning
is-mlari bular ichida zikr qilinmadi. Shuning uchun hz. Umar (r.a.): "Ular nima uchun
Abulhasan (hz. Ali (k.v.)ni tilga olishmadi? Men Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki,
agar hz. Ali ularga xalifa bo'lsa, hammalarini to'g'ri, haq yo'lda olib borishga boshqa
kishilardan ko'ra munosibroq bo'lardi", dedilar".
1 Arab tilidagi "ihrom", "ehrom" va "ixrom" so'zlarining farqini aniqdab o'tishgga to'g'ri keladi: "ihrom" - buyuk inshoot. "ehrom" - hajga otlanganlarning yupqa matodan tikilgan oppoq kiyimlari. Ixrom - oqjundan to'qilgan mato bo'lib, uni ulovning ustiga ham yopganlar hamda kiyym sifatida foydalanganlar. Aslida Qadimgi yunonlar va rumoliklarning ustki kiyimi bo'lgan.