Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
96
qoddi. Ulishi vaqtqda qulini o'g'liga vasiy qilib ketdi. Bola katta bo'lib, quli uni uylantirdi
va xo'jasining topshiriklarini to'g'ri va batamom ijro qilib bordi. Keyin bola: "Men ilmga
boraman, safar uchun kerakli narsalarni to'g'rilab bering", deb qulga buyurdi. Qul yo'l
xarajatlari, ulovi va ozuqlarini tayyorlab bolani jo'natdi. Bola bir olim kishiga borib, ilm
talab qilib kelganini aytganda, u: "Xo'p, lekin hozir emas, qachon o'z yurtingga
jo'naydigan vaqtingda menga kelsang, ilm o'rgataman!" - deb va'da berdi. Keyin bola
yo'lga chiqmoqchi bo'lib olim huzuriga borib unga bergan va'dasini eslatdi. Shunda olim:
"Alloh taolodan ko'rq, sabrli-chvdamli bo'l, qiladigan ishlaringda sho-shilma! Mana shu
ilm senga kifoya", deb bolaga oq fotiha berib jo'natdi. Bu voqeani xikoya qilayotgan
Hasan: "Mana shu uch og'iz so'z hamma yaxshilikni o'z ichiga olgandir". deydi. Bola
domladan olgan uch og'izgana ilmni takrorlab, uyiga qaytib keldi. Mingan ulovidan
tushib hovlisiga kirsa, xotini uxlab yotibdi va undan chetroqda bir erkak odam ham
uxlab yotganini ko'rdida, bir xayolga borib qattiq g'azablandi. Bunga qanday chidash
mumkin, deb o'ldirish uchun ulovidagi qilichni olib kelmoqchi bo'ldi. Lekin domla
o'rgatgan uch so'z ti-liga keddi-yu, o'zini to'xtatdi. Yana o'sha kishi tepasiga borib turib
shayton vasvasasi bilan avvalgidan ham battarroq jahli qo'zg'aldi. Qilichni olib kelib uni
o'ldirmoqchi bo'layotganda, u kishi uygonib qoldi-yu, bolani ko'rishi bilan salomlashib,
uni quchoqlab o'tsdi va: "Mening huzurimdan ketganishdan so'ng nimalarni bilib
kelding?" - deb so'radi. Bola: "U yerdan ko'p narsalarni o'rganib keldim. Urgangan ilmim
shundoq: sizni o'ldirish uchun tepangazga uch marotaba borib keldim, ammo oxiri u
sizni o'limdan saqlab qoldi", dedida voqeani bayon qilib berdi".
Dostları ilə paylaş: