Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Zulm va haddan oshmoqlikning jazosi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   443
Buxpriy

268-bob. Zulm va haddan oshmoqlikning jazosi haqida 
 
601. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Farazan bir tog' ikkinchi toqqa 
zulm qilsa, bu zulm qiluvchi tog' albatta mayda-mayda qilib yubo-riladi", dedilar. 
 
Ya'ni zulm shutsday yomon xulqki, u aslo kechirilmaydi. Bu insonlar va hayvonlar 
uchunpsha emas, hatto tog' kabi jamodot (noorganik jis-, m)lar ham bir-biriga ta'addi 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
qilsa, o'chi olib beriladi  
602-hadis 565-hadisning aynan takrori. 
 
603. Fuadul ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Uch 
toifa kishklar so'roqsiz jahannamga otiladi: 1. Islom jamiyatidan ajrab, Yaratuvchisiga 
isyon qilgan osiy. 2. O'z xo'jasidan qochib ketgan cho'ri yoki qul. 3. Eri tirikchilik 
asboblarini batamom to'g'rilab, safarga chiqib kettanidan keyin, o'zi-ni bejab, 
begonalarga aralashib, o'z iffatini saqlamay yurgan xotin. Yana uch toifa kishilar haqida 
ham so'ralmaydi. Birinchi: Alloh rabbil olaminning o'ziga xos bo'lgan katgalik va izzat 
kiyimini men kiyaman, deb nizo qilgan kishi, ikkinchi: Alloh azza va jallaning ishiga shak 
va shubha bilan qarovchi kishi, uchinchi: Alloh taoloning rahmatidan umid uzguvchi 
kishi", dedilar. 
 
Kattalik va izzat kiyimidan murod - men hammadan kattaman, quvvatliman, deb da'vo 
qilgan kishi. 
 
604. Bakkor ibn Abdulazizning bobolari Abdulloh ibn Abu Bakr (r.a.)dan rivoyat qilindi, u 
kishi ayt-dilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo har bir gunohning jazosini istasa, 
qiyomat kuniga qoldiradi, ammo zulm qilish, ota-onaga oqq bo'lish va qarindoshlikni 
uzish gunohining jazosini o'lishdan ilgari shu dunyoning o'zidayoq ko'rsatadi", dedilar". 
 
605. Yazid ibn Asammudan rivoyat qilindi, u kishi dbu Hurayraning: "Sizlardan bittangiz 
o'z biroda-rining ko'ziga tushgan chang-to'zonlarni ko'radiyu, ammo o'zining ko'ziga 
tushgan cho'p yoki daraxt novdasini ko'rmaydi", degan gaplarini eshitdilar. 
 
606. Muoviya ibn Kurra (r.a.) aytdilar: "Men Ma'kil Mazaniy (r.a.) bilan birga edim. U 
kishi (odamlarga) ozor beradigan bir narsani olib, chetga qo'ydilar. Shunda men ham bir 
narsani ko'rdimda, u kshpidan oldinroq borib, uni olib tashladim. Ma'kil: "Nima uchun 
bunday qilding?" - deb so'radilar. Men: "Siz qijaningizni ko'rganimdan keyin men ham 
shunday qiddim", dedim. U kishi: "Yaxshi qilding, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kim 
musulmonlar yuradigan yo'ldan ularga ozor beradigan narsani olib tashlasa, unga 
hasana (bir yaxshilik) yoziladi. Uning hasanasi qabul qilinsa, jannatga kiradi", degan 
so'zlarini o'z og'izlaridan eshshtanman", dedilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin