620. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatda o'zi ham olijanob,
uning otasi ham, otasining otasi va uning otasi ham olijanob kishilar bo'lgan Yusuf ibn
Ya'qub ibn Ishoq ibn Ibrohim halilu-r-rahmondir", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
"Agar men Yusuf (a.s.) turganchalik hibsda turganimda, (qamoqtsan chiqarish uchun)
oldimga kelgan chaqiruvchining da'vatini ijobat qilgan bo'lardim. Yusuf (a.s.)ning oldiga
kelgan elchi kelganda unga: "Hojang huzuriga qaytib borginda, undan qo'llarini kesib
olgan ayollar ishi nima bo'lganini so'ra!" (12:50) - deydi (xotirjamlik bilan). Lut (a.s.)ni
Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. U "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki kuchli bir
suyanchiqqa suyana olsam..." (11:80), degan so'zi bilan kuchli bir suyanchiqqa (ya'ni
izzat va ustunlik egasi - Allohga) sig'inishni istagandi. Alloh taolo yuborgan barcha pay-
g'ambarlar o'z qavmining boylari edilar".
Da'vatini ijobat qilgan bo'lardim - ya'ni chaqirig'iga javob berib, darhol qamoqtsan chiqqan bo'lardim.Muhammad (hadis roviylaridan biri) aytishicha, hadis matnidagi "Sarvat" davlat va kuch-qudrat demakdir.