643. Ibn Umar (r.a.) dedilar: "Men har ishimda, har narsada duo qilaman, hattoki
minadigan jonivorimning qadamini tezlatishni ham Allohdan so'raymanki, bu bilan men
o'zimga sirli bo'lgan narsalarni ko'raman.
644. Amr ibn Maymun Avdiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Hz. Umar (r.a.): "Ey, Allohim,
mening ruhimni xushaxloq, xudojuy insonlar bilan birga olgin, yomon-lik, buzuqlikka
tashlab qo'ymagin va yaxshi, ezgu amallarni ado etgan odamlar bilan birga qilgin", deya
duo qilardilar".
645. Shaqiq Balxiy (r.al.) aytdilar: Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) ushbu duoni ko'p
takrorlardilar: "Parvardigoro, oralarimizni isloh qilgin, bizlarni islom yo'liga yo'llagin,
bizlarni (zalolatning) zulmatidan (hidoyatning) oydinligiga yetaklagin, oshkora va maxfiy
fahsh-buzukliklardan bizni nari qilgin, quloqlarimizni, ko'zlarimizni, qalblarimizni, axliayol
va avlodu zurriyodlarimizyi barokotli qilgin. Parvardigoro, bizlarni bergan ne'matlaringga
shukr qiluvchi, uni e'tirof etuvchi va bu ne'matlar barobarida o'zingga hamdu sano
aytuvchi qilgin hamda bizlarga beradigan ne'matlaringni mukammal qilib bergin".
646. Sobitdan rivoyat qilindi: "Anas ibn Molik qaysi birodarlarini duo qilsalar: "Alloh taolo
kechalari qoim, kunduzdari soim bo'ladigan, fisqu fujur va gumrohlik qilmaydigan yaxshi
xudojuy qavmning ibodatini bersin", der edilar".Bu hadis turkcha nashrda Sulaymon ibn
Mug'iradan rivoyat qshshngan. Hadis Rasululloh (s.a.v.)dan ham rivoyat tsilinganligshi
roviylar xabar qiladilar.