www.ziyouz.com kutubxonasi
103
647. Amr ibn Horis aytdilar: "Onam meni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bordilar. Ul
zot boshimni silagan holda rizq-ro'z tilab duo qildilar".
648. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishiga "Basradan duoingizni olgani
bir.qancha birodarlaringiz kelishibdi", deyishdi. Anas ibn Molik o'sha kunlarda Zoviyada
edilar. "Allohim, bizlarni mag'firat et va bizga rahm qil, bizga bu dunyoda ham bir
yaxshilik, oxiratda ham bir yaxshilik ato et hamda bizlarni do'zax azobqdan saqlagin",
deb duo qildilar. Kelgan kishilar yana duo so'rashgan edyu u kishi yana xuddi shunday
duo qilib: "Agar ushbu narsalar sizlarga berilsa, dunyo va oxirat saodati bershggani
shudir", dedilar.
649. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) bir navdani ushlab, silkitib
qoqdi-lar, dekin navdadan hech narsa tushmadi, yana qoqdilar, yana tushmadi, keyin
yana qoqdilar, shunda ham Hech narsa tushmagach: "Subhanalloh, valhamdulilloha la
ilaha illalloh, Allohim xato-yu kamchiliklarimizni daraxt bargini to'kkandek to'ksin",
dedilar".
650. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga ayollardan biri
kelib, muhtojlikdan yoki ba'zi ehtiyojlari borasida shikoyat qildi. Shunda ul zot: "Men
sizlarga bundanda yaxshiroq, xayrliroq narsani o'rgataymi? Uyquga ketishdan oldin 33
marta tahlil, 33 marta tasbih va 34 marta hamd ayting, shunda 100 bo'ladi va bu dunyo
hamda undagi barcha narsalardan xayrlidir", dedilar".
651. Anas ibn Molik(r.a.)dan rivoyat qilindi: Ra-sululloh (s.a.v.) dedilar: "Bir kishining
100 marta taxlil, 100 marta tasbih va 100 marta takbir aytishi 10 ta qul ozod qilishdan
va 10 ta jonliqni qurbonlik qilishdan ko'ra afzalroqdir".
652. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga bir kishi kelib: "Ey,
Allohning Rasuli, duolarning eng afzali qaysi?", deb so'radi. "Al-lohdan dunyo va oxiratda
ofiyat berishini tilashingdir", deb javob berdilar. Ertasiga u kshpi yana ul zot oldilariga
kelib: "Ey, Alloxning elchisi, qaysi duo afzal?", deb so'radi. "Allohdan dunyo va oxiratda
ofiyat berishini so'rashingdir. Agar dunyo va oxiratda senga ofiyat berilsa, shubhasiz,
najot topasan", dedilar".
Ko'pgina nashrlardagi mavjud duolar takroran tarjima qilinmadi, o'sha nashrlarga murojaat qilish mum-kin, masalan, "Duolar qo'rg'oni" ("Meros" nashri, 2003, 1-kitob, 2005, 2-kitob) kitoblarini tavsiya qilamiz.
653. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh
taologa eng yoqimli so'z, bu "Subhanallohi lo sharika lahu, lahul mul-ku va lahul hamdu
va huva 'ala kulli shay'in qodir va la havla va lo quvvata illa billoh va bihamdihedir.
654. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) mening oldimga bir yumush
bilan keldilar. Men namoz o'qiyottandim, yonlariga bir oz kechikib bordim. Ul zot: "Ey,
Oyisha, barcha duolaringni mujassamlashtirgan duoni o'qi", dedilar. Men ul zotdan
uzoqlashib: "Barcha duolarni o'zida mujassam etgan duo qaysi, ey, dllohning Rasuli?" -
deb so'ra-dim. "Mana bundoq deb duo qilgan: "Allohim, Sendan o'zim bilgan yoki
bilmagan, shoshilinch (naqts, tezda) yoki keyinroq bo'ladigan barcha yaxshiliklarni
so'rayman. Ey, Allohim, hozirda yoki keyinroq (yo'li-qishim mumkin bo'lgan) o'zim bil-