Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Dangasalikdan va qarzdorlikdan panoh so'rash haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   443
Buxpriy

285-bob. Dangasalikdan va qarzdorlikdan panoh so'rash haqida 
 
673. Amr ibn Shu'ayb otasidan, u esa bobosidan rivoyat qilib dedi: "Men Rasululloh 
(s.a.v.)ning: "Ey, Allohim, men Sendan dangasalikdan, qarzdorliqdan panoh so'rayman 
va Masihi Dajjolning fitnasidan panoh so'rayman hamda qabr azobidan panoh 
berishingni so'rayman", deganlarini eshitdim. 
 
674-hadis 664-hadisning aynan takroridir. 
 
286-bob. Duo qilinmasa, Allohning g'azablanishi haqida 
 
675-hadis. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki murodini Allohdan 
so'ramasa, Alloh unga g'azab qiladi", dedilar". 
 
676-hadis 675-hadisning aynan takroridir.  
 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
677. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohdan biror narsa 
so'ramoqchi bo'lsangiz, duoingizda qat'iy turing va "xohlasang bergin" demangiz, zero 
Alloh so'ragan kishini yaxshi ko'radi", dedilar". 
 
678. Hz. Usmon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki ertalab va 
kechqurun uch martadan: "Bismillahillazi la yadurru ma'asmihi shay'un fi-l-arzi va la fi-
s-samai va huva-s-sami'u-l-'alim", desa, unga hech narsa zarar yetkaza olmaydi", 
dedilar". 
 
Duo mazmuni: Uning ismi bilan yeru osmonlarda hech narsa zarar keltirlmaydigan Alloh 
taoloning ismi bilan . 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin