688. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Eng ishonchli duo: "Allohim, meni
Parvardigorimsan, men Sening bandangman, men o'z nafsimga zulm qildim.
Gunohlarimni e'tirof qilaman, gunohlarni faqat O'zing kechira olasan. Yo, Parvardigorim,
mening gunohlarimni kechirgin", deyishdir", dedilar".
689. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, ishlarimning pokizasi
bo'lgan dinimni salohiyatli qil, hayotim kechadigan dunyoimni isloh qil hamda men
uchun o'limni barcha yomonlikdan (suyukli) rahmat qilgin", der edilar".
690. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) balolar mashaqqatidan,
baxtsizlikning ta'qibqdan, shum taqdirdan va dushmanlarning kulgisidan panoh so'rar
edilar".
Bu hadis roviylaridan biri Sufyon (r.a.): "Hadisda Payg'ambarimiz (s.a.v.) uch narsadan panoh so'raganlar, deyilgandi. Men unga bitta qo'shib qo'ydim. Lekinu yuqoridagilardan qaysi biri ekanini aniqlay olmadim".Ismoil aytadilar: "Agar mendan: "Sufyon (r.a.) hadisni unutishga qanday jur'at qilgan?" - deb so'rasalar, Sufyon avval boshda hadisni yod olgan edi, vaqt o'tishi munosabati bilan unutib quygandir", deb javob bergan bo'lardim.
691. Hz. Umar (r.a.) besh narsadan Allohdan panoh so'raganlarini rivoyat qildilar:
tamballikdan, baxillikdan, yolg'izlikdan, qalb fitnasidan va qabr azobidan.
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan 692-hadis yuqoridagi hadis-ning takroridir. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 693-hadis ham yuqoridagi hadis kabidir.
694. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ning o'qib yurgan duolaridan biri
ushbu edi: "Allohummag'firli ma qaddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a'lantu
va ma anta a'lamu bihi minniy, innaka anta-l-muqaddam va-l-muaxxar, la ilaha illa
anta".
Duoning mazmuni: Allohim, mening avvalgi va keyingi sirli va oshkora qilgan gunohlarimni mag'firat qilgin. Qaqiqatda Sen muqaddam, muahhar Zodan, o'zingdan o'zga hech qanday iloh yo'q!
695. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, men
Sendan hidoyat, ofiyat va nafsi to'qlik so'rayman", deya duo qilardilar
696. Samoma ibn Huzin (r.a.) aytdilar: "Men bir keksa kishining baland ovoz bilan:
"Allohumma inni a'uzubika mina-sh-sharri la yaxlithu sha'un", deya nido qilayotganini
eshitib: "Kim bu qariya?", deb so'radim. "U Abu Dardo", deb javob berishdi.
Duo mazmuni: Allohim, Sendan biror narsa aralashmagan holda yomonliklardan panoh so'rayman (t.).