www.ziyouz.com kutubxonasi
114
294-bob. Zolim hukmdordardan qo'rqqanda nima deyish kerakligi haqida
728. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Sizlardan birortangaz boshlig'ining kibridan
yoki zulmidan qo'rqsa: "Osmonlaru yerni va Ulug' Arshning Parvardigori Allohim,
bandalaringda falon ibn falon va uning to'dasining menga hurmatsizligi va
adolatsizligidan o'zing himoya qilgin. Sening himoyang qudrat-li va madhing ulug'vordir.
Sendan o'zga iloh yo'qtsir", desin".
729. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi; "Biror ishni amalga oshirish uchun hukmdorning
huzu-riga kirganda ushbu duoni o'qinglar: "Alloh buyukdir. Alloh yaratilgan barcha
narsalardan qud-ratlidir. Alloh men qo'rqadigan va cho'chiydigan barcha narsalardan
kuchlidir. Falon quling-ning sharridan va uning jin va insonlardan tashkil topgan
askarlarining sharridan O'zidan boshqa iloh bo'lmagan Allohga sig'inaman. Yeru
osmonlarni tutib turgan Uning o'zidir. Allohim! Meni ular-ning sharridan o'z panohingga
olishingni so'rayman. Yolg'iz Sening madhing yuksak-dir. Sening panohingdan qudratli
panoh yo'q. Sening isming muborakdir, Sendan o'zga iloh yo'q". Uch karra o'qiladi".
730. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Kimning boshiga biror tashvish, g'am tushsa yoki
sultondan qo'rqsa, ushbu so'zlar bilan duo qilsa, duosi ijobat bo'ladi: "Ey, Allohim,
Sendan o'zga iloh yo'qligi, yetti qavat osmonning Parvardigori, Ulug' Arshning Rabbi
ekanliging haq-hurmati so'rayman, Uzingdan boshqa ibo datga loyiq Zot yo'qshgi
hurmatidan so'rayman, Zero Sen har ishga qodirsan". So'ngra hojatini Allohdan
so'rasak".