750. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Bir kishi: "Allohim, Sendan qatgiq sinovdan panoh
tilayman", dedi-yu to'xtab qoddi. Agar yana shu duoni aytsa, faqat ichida ulug'lik bo'lgan
balo (sinov)dan emas, deb aytsin.
751. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) shiddatli sinovdan,
ketma-ket keluv-chi baxtsizliqdan, yomon taqdirdan va dushmanlarning hasadqdan
panoh tilardilar".
304-bob. Tanbih ma'nosida so'zni takrorlash
752. Abu Navfal ibn Abu Aqrabning otasi Rasululloh (s.a.v.)dan ro'za tutish haqida (izn)
so'radi. Ul zot "Har oyning bir kunida ro'za tut", dedilar. "Ota-onam sizga fido bo'lsin,
yana ziyoda qiling", dedim. "Ziyoda qiling, ziyoda qiling, har oyda ikki kun ro'za tut",
dedilar ul zot. Men yana: "Ota-onam sizga fido bo'lsin, yana ko'paytirib bering, men
o'zimni kuchli his qilayapman", dedim. Ul zot: "O'zimni kuchli his qilayapman, o'zimni
kuchli his qilayapman", deya gapimni takrorlaganlaridan endi boshqa orttirishga izn
bermasalar kerak, deb o'iladim. So'ng ul zot: "Har oyda 3 kun ro'za tut", dedilar.
Yana kupaytirib bering - ko'proq muddat ro'za tutishimga izn bering, deyilmoqda.Bu hadisdan shu narsa ayon bo'ladiki, Rasululloh (s.a.v.) ummatlariga faqat yengillikni xohlaganlar, shuning uchun ham nafila ibodatlarni me'yorida qilishga ruxsat berganlar.