762. Abu Shurayh Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning mana bu so'zlarni
aytayot-ganlarini o'z ko'zlarim bilan ko'rib, quloqlarim bilan eshitdim: "Kim Allohga va
oxirat kuniga ishonsa, qo'shnisini izzat qilsin Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa,
mehmonni e'zozlasin. "Meh-monning muddati qancha, ey, Rasululloh?" - deb
so'ralganda, ul zot: "Bir kecha-kunduzdir. Mehmon-dorchilik uch kun bo'ladi. Kim
Allohga va oxirat kuniga ishonsa, yaxshi gaplarni gapirsin yoki jim tursin", dedilar.