Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
130
353-bob. Abul Hakam kunyasi haqida
834. Shurayx bin Honiy aytdi: Honiy ibn Yazid qav-mdoshlari bilan hay'at tuzib
Payg'ambarimiz huzurlariga bordi. Rasululloh (s.a.v.) qavmdoshlari uni Abul Hakam, deb
chaqirayotganlarini eshitib, uni yonlariga chorladilar va: "Hakam - Alloh taolodir, barcha
xukm Unga oiddir. Nega sening kunyang Abul Hakam?" - deb so'radilar. U:
"Qavmdoshlarim o'zaro ixtilof qilib qolsalar, mening oldimga kelishadi, men o'rtalarida
Hakamlik qilaman, urishganlari yarashib ketishadi", Deb javob berdi. Ul zot: "Bu qanday
yaxshi ish!" - dedilar. So'ng: "Farzandlaring bormi?" - deb so'radilar. U: "Mening
Shurayh, Abdulloh va Muslim degan o'g'illarim bor", dedi. Ul zot: "Ularning katgasi
qaysi?" deb so'radilar. "Shurayh", deb javob berdi u. Shunda Rasululloh (s.a.v.):
"Bo'lmasa, sen Abul Shurayh bo'la-qol", dedilar va uni o'zining va farzandlarining haqiga
duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) bir kishini odamlar "Abdulxajar, deb chaqirayotganlarini
eshi-tib, "Isming nima?" - deb so'radilar. "Abdulxajar", dedi. Ul zot: "Yo'q, sen
Abdullohsan", dedilar.
Shurayh aytadi: (Otam) Honiy yurtiga keytib kettach, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga
yana qaytib keldi va: "Menga jannatni yujib qiladigan narsa haqida xabar bering", dedi.
Ul zot: "Senga xush kalom, xush muomalali bo'lish va (muhgojlarga) taom berishni
kanda kushma", dedilar.
Abdulhajar - toshning quli.
Dostları ilə paylaş: