870. Usoma ibn Zayd aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh ibn Ubay ibn Salul
qatnashayotgan bir yig'inga bordilar. O'shanda u hali Islomni qabul qilmagandi. U:
"Yig'ilishimizga zarar yetkaz-ma", dedi. Rasululloh (s.a.v.) Sa'd ibn'Ubodaning oldiga
borib: "Eshitdingizmi, Abu Habobning nima deganini?" - dedilar va bu bilan Abdulloh ibn
Ubay ibn Salulni nazarda tutdilar".
375-bob. Go'daklarning kunyasi haqida
871. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) biznikiga kirdilar. Kichkina
ukamga Abu Umayr degan kunya (laqab) berdilar. Uning bir chumchug'i bo'lib, uni
o'ynab o'tirardi. Bir kuni chumchug'i o'lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) uyimizga kirib ukamni
xafa bo'lib turganini ko'rdilar va: "Unga nima bo'ldi?" - deb so'radilar. "Uning chumchug'i
o'lib qoldi", deyishdi. Shunda ul zot: "Ey, Abu Umayr, chumchuqqa nima bo'ldi?" dedilar.