904.Nofi' aytdilar:"Abdulloh ibn Umar far-zandlarini noto'g'ri, g'aliz gapirishdan
qaytargan edilar".
905. Abdurrahmon ibn Ijlon aytdilar: hz. Umar o'q otishayotgan ikki kishining oldidan
o'tdilar. Ularning biri ikkinchisiga: "sod" harfi bilan "asobta" - "mo'ljalga tekkizding",
deyishning o'rniga "sin" harfi bilan "asabta" - "so'kding", dedi. Shunda hz. Umar:
"Noto'g'ri gapirish noto'g'ri o'q otishdan og'irroqdir", dedilar.
392-bob. "Uning asli yo'qtsir", deyish haqida
906. Oyisha onamiz dedilar: "Odamlar Payg'ambar (s.a.v.)dan kohinlar haqida
so'radilar. Ul zot: "Ular ishlarining asli yo'q", dedilar. Odamlar: "Ey, Rasulalloh, ular
aytgan narsayaarning ba'zisi to'g'ri chiqadi", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.):
"O'sha to'g'ri gaplarni hayton o'g'irlab qochadi va do'sti (ya'ni sehrgar, folbin)ning
quloqlariga tovuqday qu-qulab yetkazadi. Keyin ular bir rost gapning yoniga yuzlab
yolg'onni qo'shadilar", dedilar.