www.ziyouz.com kutubxonasi
163
shunday salom berganman, ulardan birortalari menga tanbih bermaganlar", dedi.
Muoviya o'sha gapni aytgan shom-likka qarab: "Tinchlaning, zero, gaplarining ba'zisi
to'g'ri. Shomliklar bu yerga kelgunla-riga qadar yo amir shaklida xalifamizga salomni
qisqartirib bermasinlar, degan edilar. Bilishimcha, siz Madina ahli zakot yig'uvchiga ham
yo amir, deb xitob qilasiz", dedi.
Hajjoj juda zolim kishi bo'lganligi uchun ham Jobir ibn Abdulloh (r.a.) salom bermagan bo'lsalar kerak. Vallohu a'lam
1058. Tamim ibn Hazlon aytdilar: "Men Kufa hokim-laridan kimga birinchi salom
berilganini eslayman. Mug'iyra ibn Sho''ba Bobi rahbadan chiqtsi. Uning oddiga Kindalik
bir kishi keddi, uni Abu Qurra Kivdiy bo'lsa kerak, deb o'ylashdi va Mug'iyraga salom
berdi: "Assalo-mu alayka, ayyuhal amir, va rahmatulloh!" Mug'iyraga bu yoqmadi. U
dedi: "Assalomu alaykum, ayyuhal amir, va rahmatulloh, assalomu alaykum. Axir men
amirlardan birimanmi yoki yo'qmi?"
Roviy Simak aytdi: "Shundan keyin amirlik unvoni mahalliylashib ketdi".
Bobi rahba - salomxona.
1059. Ziyod ibn Ubayd aytdilar: "Biz Ruvayfi'ning huzuriga kirdik. U Antablus1 ning
amiri edi. Shu payt bir kishi kelib: "Amirga salom bo'lsin", Ubdaning rivoyatida esa:
"Sizga salom bo'lsin, ey amir!" - dedi. Ruvayfi' unga dedi: "Agar sen bizga salom
berganingda edi, biz alik olardik, lekin sen Maslama ibn Muxallidga salom berding.
(Maslama Misr amiri edi). Bor endi, u alik olsin!" - dedi.
Antablus - Misr Arab Respublikasi shimolidagi Iskandariya yaqinidagi shahar nomi (m.m.).