86. Barro ibn Ozib (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning imom
Hasanni elkalariga mindirib: "Ey, Rabbim! Men buni sevaman, sen ham uni sevgin!"- deb
kelayotganlarini ko’rgan edim", dedilar.
87. Jubayr ibn Nufayr (r.a.) aytdilar: "Bir kuni biz Miqdom ibn Asvad (r.a.) yonlarida
o’tirgan edik. Shu vaqtda bir kishi kelib, u janobga "Rasululloh (s.a.v.)ning muborak
yuzlarini ko’rgan bu ikki ko’z qanday baxtli ko’zdir, bizlar ham koshki siz ko’rganlarni
ko’rgan va bo’lgan yerlaringizda bo’lgan bo’lsak edi", dedi. U kishining bu gapidan
Miqdomning achchiqlari chiqqandek bo’ldi. Men u zotning jahllari chiqqanidan hayron
bo’ldim, chunki u kishining qilgan orzusi juda yaxshi bo’lib, undan xafa bo’lishga hech
o’rin yo’q edi. Keyin Miqdom u kishiga qarab: "Alloh taolo nasib qilmagan va o’tib ketgan
ishlarni orzu qilishga kishini nima majbur qiladi? U orzu qilayotgan ishlarga erishgan
taqdirda holi nima bo’lishini o’zi bilmaydi-ku! Men Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilib
aytamanki, Rasululloh (s.a.v.)ni ko’rgan ba'zi kishilarni Alloh taolo do’zaxiylardan qildi,
chunki ular Rasululloh (s.a.v.)ga itoatsizlik qildilar va da'-vatlarini qabul qilmadilar. Alloh
taolo sizlarni dunyoga keltirish bilanoq uni tanib, payg’ambari olib kelgan din va shariat
qonunlarini tasdiq qildingiz, boshqa odamlar tortgan musibat va qiyinchiliklarni siz
tortmadingiz. Mana shular uchun Allohga tashakkur aytmaysizmi? Boshqa
payg’ambarlarga nisbatan bizning payg’ambarimiz eng og’ir holda va payg’ambarlik
uzilib, johiliyat davri rivoj topgan va butlarga cho’qnishdan yaxshiroq din yo’q, deb
e'tiqod qiladigan kishilar zamonida payg’ambar bo’ldilar. U zot haq bilan nohaqni ajratib
beruvchi va ota bilan bolani ham bir-biridan ayirib ko’yuvchi qur'on-i karimni va Islom
dinini olib keldilar. Alloh taolo dilining qulfini iymon bilan ochgan bir banda o’zining otasi
yo bolasi yoxud aka-ukalarining kofir bo’lib, o’lgandan keyin do’zaxga borishini bilgani
sababli, ularni chin ko’ngil bilan sevmadi. Mana shunday kishilar haqida Alloh taolo:
"Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko’z quvonchini baxsh et!"
(25:74) - deb so’raydigan kishilar-dir, - deb madh qildi, dedilar Miqdom ibn Asvad
(r.a.)".