1073. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Haqiqiy yolg'onchi qasamiga yolg'on
qo'shgan odamdir, haqiqiy baxil esa, salomga baxillik qilgan kishidir. Namozdagi o'g'ri
(ya'ni uning arkonlarini o'rniga qo'yib bajarmay, shoshilib o'qiydigan odam) haqiqiy
o'g'ridir".
1074. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Salomini qizg'angan eng baxil odamdir. Eng ojiz kishi
esa, duoda ojizlik qilgan odamdir".
1077-hadis. Ummu Honi (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ni1siga bordim. Ul zot g'usl
qilayotgan ekanlar. Men ul zotga salom berdim. Ul zot: "Kim bu?" - dedilar. "Ummu
Honi", dedim. Ul zot: "Xush kelibsiz", dedilar".
1078-hadis. Hasan Basriy (r.al.): "Ayollar erkaklarga salom berishar edi", deb xabar
berdilar.