1109. Payg'ambar (s.a.v.) sahobiylaridan Abdulloh ibn Busro (r.a.) aytdilar: "Rasululloh
(s.a.v!) agar (biror kishining) eshigiga borib kirishga izn so'ra-salar, eshikning
ro'parasida turib olmas edilar, balki izn berilishini kutib o'ng tomon yoki chap to-monda
turardilar, aks holda (ya'ni, izn berilmasa) ketardilar".
500-bob. Chaqirilgan uy egasi chiqquncha...
1110. Abdurrahmon ibn Muoviya ibn Huday otalaridan rivoyat qiddilar: "Men hz. Umar
ibn Xattob (r.a.) huzurlariga kelib, kirishga ijozat so'radim. "Chiqqunlaricha o'sha yerda
kutib turing", deyishdi. Men eshikka yaqinroq bir yerga o'tirdim. So'ng (hz. Umar (r.a.)
oldimga chiqdilar va (ichkaridan) tahoratga suv so'rab, tahorat oddilar. So'ng oyoqlariga
mash tortdilar. Men: "Ey, mo'minlar amiri! Bu bavldanmi?" - deb so'radim. Hz. Umar
(r.a.): "Bavldan yoki
boshqasidan", dedilar.