61-bob. O’zi to’q bo’lib, qo’shnisi och o’tirmasin
112. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Abdulloh ibn Zubayr (r.a.)ga: "Men Rasululloh
(s.a.v.)dan: "Kim o’zining qorni to’q bo’lib, qo’shnisi och holida o’tirgan bo’lsa, u kishi
(chin) mo’min emasdir", degan so’zlarini eshitdim", dedilar.
62-bob. Sho’rboning suvini ko’paytirib, qo’shnilarga ham ulashish haqida
113. Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rabibim va do’stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch
narsani buyurdilar: birinchi - Hatto agar burni va qo’l-oyoqlari kesilgan qul senga boshliq
bo’lsa ham unga itoat qil;ikkinchi - sho’rbo qilsang, suvini ko’proq qilib, qo’shnilaring
ahvoliga qarab, shundan minnat qilmay ularga ham ber; uchinchi - namozlarni o’z
vaqtida ado qil! Agar imom namozni o’qib qo’ygan bo’lsa, sen shu namozni (uyda
o’qiganing uchun) ado qilgan bo’lasan, o’qimagan bo’lsang, unga iqtido qilasanda, u sen
uchun nafl namozi bo’ladi".
114-hadisda 113-hadisdagi sho’rboga suv solib qo’shnilarga ham ulashish haqidagi hadis takrorlangan.