Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Umrini yetim bolalariga ba?ishlagan tul xotinning fazilati



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   443
Buxpriy

78-bob. Umrini yetim bolalariga ba?ishlagan tul xotinning fazilati 
 
141. Avf ibn Molik (r.a.) Rasulullohdan rivoyat qildilar. "Rasululloh: "Eridan beva qolib,  
bolalarini sabr bilan tarbiya qilayotgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi 
sargayib ketgan xotin bilan jannatda shunday bo’lamiz", deb ikki barmoqlarini bir-biriga 
jips qilib ko’rsatdilar, dedilar".  
 
Ya'ni shunday xotin jannatga kiradi va darajasi boshqa xotinlarga nisbatan mening 
darajamdek baland bo’ladi. 
 
79-bob. Yetimga odob o’rgatish haqida 
 
142. Shumaysatu-l-Atakiya aytdi: "Hz. Oyisha Huzurlarida yetim bolaning odobi 
to’grisida bahs bo’ldi, shunda u zot: "Men yetim bolani keyinchalik xursand bo’lsin, deb 
uraman", dedilar. 
 
Ya'ni bola yaxshi odob o’rgansa, katta bo’lganida shu odobi tufayli hurmatga ega bo’ladi, 
demoqchi bo’lsalar kerak.  
 
80-bob. Bolalari o’lgan kishining fazilati haqida 
 
143. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon kiishning 
uchta farzandi o’lgan bo’lsa, do’zax o’ti unga tegmaydi, faqat Alloh taolo Qur'onda: 
"Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga 
binoan) vojib bo’lgan hukmdir" (19:71), degan qasami uchungina u kishi ham bir tushib 
o’tadi", - dedilar. 
 
Bu oyat tafsirida Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Do’zaxga yaxshi kishilar 
ham, yomonlar ham kiradi, lekin u mo’minlar uchun sovuq va salomatlik bo’ladi", 
deganlar". Ibn Abbos esa:"Do’zax ichiga kirmay, faqat yonidan o’tadilar", dedilar. Ba'zi 
sahobiylar: "Do’zaxdan murod pulsirotdir", deydilar. (Zamahshariy, Al-kashshof, 2-jild, 
339-sahifa). 
 
144. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Bir xotin kishi Rasululloh huzurlariga kelib: 
"Yo Rasululloh, bu bolam haqiga duo qiling, men uchta bolamni ko’mdim", dedi. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.): "Sen zo’r qalqon bilan do’zaxdan to’silib qolibsan", dedilar". 
 
145. Xolid Absi (r.a.) aytdilar: "Mening bir o’glim o’lib qolganda juda qattiq achindim va 
Abu Hurayraga borib: "Siz Rasululloh (s.a.v.)dan o’lgan kishilarimiz haqida bizga dalda 
beradigan biror gap eshitganmisiz?" - deb so’radim. Shunda Abu Hurayra (r.a.): "Men 
Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yosh bolalaringiz jannatdagi kichik chavaq (baliqcha)lardir", 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
degan hadislarini eshitganman, dedilar". 
 
Kichik baliqchalar suvda istagan joyida suzib yurganidek, musulmon bolalari yoshligida 
vafot etgan bo’lsa, jannatda xohlagan yerida yuraveradi . 
 
146. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta bolasi vafot 
etsa, bu Alloh taoloning irodasi, deb sabr qilib va shu sabri uchun Allohdan savob umid 
qilsa, u kishi jannatga kiradi", deganlarida, biz: "Yo Rasululloh Agar uning ikkita bolasi 
o’lib, shunga sabr etgan bo’lsachi?" - deb so’raganda, Rasululloh: "Ikki bolasi o’lgan 
bo’lsa ham", deb marhamat qildilar. Roviy Mahmud ibn Lobid dedi: "Jobirga: "Vallohi! 
Agar siz bitga bolasi o’lgan bo’lsachi, deb so’raganingizda, Rasululloh (s.a.v.) albatta 
bitga bolasi o’lgan bo’lsa ham, deb javob bergan bo’lur edilar", deganimda, u: "Vallohi! 
Men ham shunday deb o’ylayman", deb javob berdi". 
 
147-hadis 144-hadisdagi mazmunning aynan takrori. 
 
148. Abu Hurayra (r.a.) shunday rivoyat qildilar: "Bir xotin Rasuli Xudoga huzurlariga 
kelib: "Yo Rasululloh! Siz sahobiylaringiz bilan majlis qurib o’tirganingizda men 
so’zlashga jur'at qilolmayman. Biron kun bizni biron joyga to’plang, (savollarimizga 
sizdan javob ola bilaylik)", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Falon kuni falonchining uyida 
to’planingiz", deb marhamat qildilar. Xotinlar aytilgan kuni to’planishdi va Rasululloh 
(s.a.v.) kelib, ularning savollariga javob berar ekanlar, orada shu gapni aytdilar: 
"Orangizda kimning uch bolasi o’lgan bo’lsa-yu, Allohning irodasiga sabr qilib umid 
tutsa, albatta, u jannatga kiradi". Bir xotin: "Yo Rasululloh! Ikki bolasi o’lgan kishi ham 
jannatga kiradimi?" - deb so’radi. "Ikki bolasi o’lgan bo’lsa ham", deb javob berdilar.  
 
Mazkur hadisning roviysi Suhayl hadis to’plash va hadisga suyanib fikr aytishda 
benihoya zehnli edi, ammo o’sha kuni bu hadisni yozib oluvchi odam topilmadi". 
 
149-hadis mazmuni 148-hadisda o’tdi, faqat bunda Ummu Sulaym (r.a.) dan rivoyat 
qilingan. 
 
150. Sa'sa'a ibn Muoviya (r.a.) qaerdadir suv idishini bo’yinlariga osib olgan Abu Zarr 
Giforiy (r.a.)ga duch keddilar. Shunda u kishi: "Ey, Abu Zarr, nechta bolangiz bor?" - 
deb so’radilar. Abu Zarr: "Ey , Sa'sa'a, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Qaysi bir musulmon 
kishining balogatga yetmagan uchta bolasi o’lsa, Alloh taolo bolalariga marhamat qilib, 
uni albatta jannatga kirgizadi va qaysi bir kishi bir musulmonni qullikdan ozod qilsa, 
uning har bir a'zosini ozod qilgan qulining a'zosi badaliga do’zax o’tidan saqlaydi", degan 
hadislarini eshitgan edim", dedilar. 
 
151. Anas ibn Molik (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini 
xabar qildi: "Bir musulmonning uchta bolasi norasida paytida o’lib ketgan bo’lsa. Alloh 
o’sha norasidalarga bo’lgan rahmatining lutfi bilan u kishini jannatga kiritadi". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin