174. Abu Hurayra (r.a.) Payg’ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qildilar. "Rasululloh (s.a.v.):
"Qaysi biringiz o’z qulini ursa, yuziga ehtiyot bo’lsin", dedilar".
175. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) belgi qilish uchun yuziga
tamg’a bosilgan bir hayvon yonidan o’tib qoldilar. Uning ikki burun teshigidan tutun
chiqayotgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) "Shu ishni qilgan kishiga Alloh taoloning
la'nati bo’lsin! Hech kim biron maxluqning yuziga tamg’a bosmasin va yuziga urmasin",
dedilar".