Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
yuziga urdinga, bizlar yetti aka-uka bo’lib, xizmatimizda bittagina cho’ri bo’lgan edi.
Uning yuziga qaysi birimiz bir shapaloq urganda Rasululloh (s.a.v.) u cho’rini ozod qilib
yuborishni buyurdilar", dedi".
177. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan
rivoyat qilindi, u kishi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan:
"Kim o’z qulining yuziga ursa yoki qilmagan gunohi uchun unga tanbih bersa, bu ishining
kafforoti o’sha qulni ozod qilishdir", degan so’zlarini eshitdim, dedilar".
178. Muoviya ibn Suvayd rivoyat qildilar: "Bir qulimiz bor edi.
Men uning yuziga urgan
edim, u qochdi.Otam meni ham, uni ham chaqirib, qulga shunday dedi: "Gapning qisqasi
shulki, biz Muqarrin o’g’illari yetti birodar edik va bizning
birgina qulimiz bor edi,
birodarlarimizdan biri uning yuziga shapaloq tortib yubordi. Rasululloh (s.a.v.) bundan
xabar topib shunday marhamat qilgan edilar: "Ularga ayting, qulini ozod qilib
yuborsinlar". Ul zotning bu gaplarini eshitgan ashoblar: "Yo Rasululloh!
Ularning shu
birgina xizmatchisi xolos, boshqa xizmatchilari yo’q", deyishdi. Shunda Rasululloh
(s.a.v.): "Mayli,
u holda uni ishlataversinlar, ammo uning ishiga ehtiyojlari qolmagach,
albatta, ozod qilsinlar", demishlar".
179-hadis yuqoridagi hadisning takrori. ammo bu hadis Sho’badan rivoyat qilingan.
180. Zazan ibn Umar aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzurlarida edik. Bundan
bir necha kunlar ilgari bir sabab bilan kuyib qolgan qulini chaqirdi. Kuylagini ko’tarib
kuygan joyini ko’rdi va: "Ancha azoblandingmi?" -deb so’radilar. "Ha", dedi qul.
Shundan
keyin Abdulloh qulni ozod qildilar.So’ngra yerdan oir cho’p olib, bu qulni ozod qilishdan
men uchun mana shu chup og’irligida ham savobi yo’q, dedi. Men u kishidan: "Ey, Abu
Abdurrahmon! Nega bunday deyapsiz deb so’radim. Ibn Umar (r.a.): "Men Rasululloh
(s.a.v.)ning: "Kimningki quli ish paytida badanidan jarohat olsa
yoki xojasi uning yuziga
ursa, o’sha qulni ozod qilsin", deganlarini eshitganman".
Dostları ilə paylaş: