Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
kelayotgan Salmonga uchrashdilarda, u kishidan: "Huzayfa bilan oralaringizda nima gap
o’tgan edi? Huzayfa: "Inson shoshilgan mahluq" degan (17:11) oyatni o’qib, kesatib
yurgan emish", deb so’radilar. Keyin Salmon otamni o’z uylariga olib bordilar. Otam u
kishining eshigida bir sholcha to’shalganini va sholchaning yuqori tomonida bir necha
guvala va egar turganini ko’rdilar. Shunda Salmon otamga: "Cho’ringiz o’zi uchun yozib
qo’yadigan to’shagi ustida o’tiring", deb taklif qildidarda, Huzayfa bilan oralaridagi
voqeani xikoya qila boshladilar: "Rasululloh (s.a.v.) jahllari ustida ba'zilarga qilgan
koyishlarini Huzayfa gapirib yurardi. Men qavmlar orasida gina-adovat paydo bo’lib
qolishini xoxdamaganim uchun: "Huzayfa aytadigan gaplarini o’zi yaxshi biladi", deya
qo’ya qolar edim. Ammo odamlar Huzayfaga borib: "Salmon sizning aytayotgan
gaplaringizni tasdiq ham qilmaydilar va sizni yolg’onchi ham qilmaydilar", deb aytishgan
ekan. Shuning uchun Huzayfa kelib: "Ey, Salmon, onasining o’g’li Salmon!" - deb kinoya
tariqasida menga xitob qildi. Men ham u kishiga: "Ey, Huzayfa, onasining o’g’li Huzayfa!
Siz bu gaplarni naql qilib yurishdan qayting, bo’lmasa men Hz. Umar ibn Xattob (r.a.)ga
xat yozaman", dedim. Umarga xat yozaman, deb qo’rqitganimdan keyin Huzayfa
mendan xafa bo’ldi, Rasululloh (s.a.v.) o’zlari: "Men Hz. Odam (a.s.) bolalaridan
bittasiman, ummatlarimdan qaysi birini noo’rin koyigan so’kkan bo’lsam, o’sha koyishim
va so’kishimni u kishi uchun rahmatga aylantirgan, deb Rabbil olaminga iltijo qilaman",
degan edilar, dedilar".
236. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) bir kuni: "Bizni o’z
qavmimizning yeriga olib chiqsanglar", dedilar. Bizlar "xo’p" deb chiqdik. Men Ubay ibn
Ka'b (r.a.) bilan odamlarning keyinida qoldim. Shuvda to’satdan osmonni bulut bosib,
shamol qo’zgaldi. Ubay ibn Ka'b: "Ey, Rabbim, bu shamollik bulugaing zahmatini bizdan
nariga ketgazgin!" - deb iltijo qildi. Biz odsin ketganlarga borib qo’shildik, ularning
ko’ngan joylari yomg’ir tufayli ho’l bo’lib qolgan edi. Ular: "Bizga kelgan qiyinchilik
sizlarga kelmaganga o’xshaydi", deganlarida, men "hamrohim Ubay ibn Ka'b: "Bu
bulutning zararini bizdan nariga ketgazgin!" - deb Allohdan so’radi", dedim. Shunda Hz.
Umar: "O’zlaringiz qatorida bizlar uchun ham duo qilsalaringiz bo’lmasmidi?" - deb
o’kindilar".
Dostları ilə paylaş: