237. Abu Salama (r.a.) aytdilar: "Men qadrdon do’stim Abu Said Qudriy oldilariga borib:
"Bizlar bilan xurmozorga chiqib kelmaysizmi?" - dedim. Abu Said: "Xo’p" deb junli qora
kiyimlarini ustilariga tashlab xurmozorga chiqdilar", dedilar.
236. Ummu Muso Hz. Alidan rivoyat qildi: "Rasululloh (s.a.v.) bir daraxtga chiqib, undan
bir meva keltirishni Abdulloh ibn Mas'udga buyurdilar. Abdulloh daraxtga chiqqan
vaqtida boldirining ingichkaligidan ba'zilar kulishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Nima
uchun kulayotibsizlar? Abdullohning oyoqi qiyomat tarozusida Uxud toqidan ham og’irroq
bo’ladi", dedilar".