130-bob. Noto’g’ri maslahat beruvchining gunohi haqida
260. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men aytmagan so’zni kim o’zidan
to’qib mening nomimdan aytsa, u kishi do’zaxdan joyini olaversin" hamda "Bir
musulmon birodari maslahat so’raganda noto’g’ri maslahat bergan kishi unga albatta
xiyonat qilgan bo’ladi va kim birovga hujjatsiz, asossiz, noto’g’ri fatvo bergan bo’lsa,
uning gunohi o’sha fatvo bergan kishi ustiga tushadi", dedilar".
131-bob. Kishilar orasidagi muhabbat haqida
261. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mening nafsim qo’lida bo’lgan zot
nomi bilan qasamyod qilaman, sizlar musulmoni komil bo’lmaguningizcha jannatga kira
olmaysiz. Musulmoni komil bo’lishingiz uchun bir-birlaringizga muhabbat qo’ymoqingiz
shart. O’rtalaringizda muhabbat paydo bo’lishi uchun salomni oshkora beringiz va bir-
biringizga jahl qilishdan saqlaningiz, chunki jahl tarashlaguvchidir, ya'ni u sochni
tarashlamaydi, balki dinni tarashlaydi", dedilar".
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
262-hadis aynan shu mazmunda Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilingan.