1. F. Mamanov uzoq yillardan beri tdyuu qarashli yotoqxonada komendant bo‘lib


(sabablari)  to‘g‘risidagi  yozuv  kiritilmasligi  shart.”



Yüklə 217,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix17.03.2022
ölçüsü217,3 Kb.
#114891
1   2
1643196424 (3)

(sabablari)  to‘g‘risidagi  yozuv  kiritilmasligi  shart.”deb  belgilab  quyilgan. 

Demak  TDYuU  Mamanovning  mehnat  daftarchasiga  yuqoridagi  holatlarni  kiritib 

noto‘g‘ri qilishgan. Ushbu holatdan so‘ng Mamanov tuman prokraturasiga murajaat 

qiladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksining  268-moddasida  mehnat 

nizolari  bilan  sudga  murajaat  qiladigan  shaxslar  belgilab  quyilgan.  Unga  ko‘ra  1) 

xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi; 2) mehnatning 

huquq  bo‘yicha  inspektori;  3)  ish  beruvchi,  mehnat  nizolari  komissiyasining 

qaroriga  rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek unga  xodim tomonidan  yetkazilgan 

zararni  qoplash  haqidagi  nizolar  bo‘yicha;  4)  prokuror.deb  belgilab  quyilgan. 

Mamanovning  qilgan  xatti  harakati  noto‘g‘ri  emas  chunki  prokror  ham  Mehnat 

to‘g‘risidagi  qonunchilikka  rioya  etilishini  tekshirish  va  nazorat  qilish  bo‘yicha 

mas'ul shaxs hisoblanadi. 

Xulosa  qilib  shuni  aytishimiz  mumkinki  TDYuU  Mamanovga  nisbatan  noto‘g‘ri 

harakat  amalga  oshirgan.  Bunday  holatda  Mamanovga  maʼnaviy  zarar  qoplab 

beriladi hamda mehnat daftarchasida yo‘l quyilgan xatoliklarni o‘zgartirib beriladi. 

  

MANTIQIY SAVOLLAR: 




1.      Boshqa doimiy ishga o‘tkazish va vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish o‘rtasidagi 

farqlarni tahlil qiling?    

 Boshqa  doimiy  ishga  o‘tkazish  xodimning  roziligi  talab  etiladi  hamda  mehnat 

shartnomasiga  o‘zgartirish  kiritiladi.  Shartnoma  o‘zgartirilgandan  so‘ng  xodim 

hamda ish beruvchi imzolaydi hamda korxona muhri bosiladi. Doimiy boshqa ishga 

o‘tkazilganligi to‘g‘risida buyruq bilan xodim tanishtiriladi hamda xodimdan tilxat 

olinadi. 

 Xodim  vaqtincha boshqa  ishga o‘tkazilganida,  mehnat shartnomasiga o‘zgartirish 

kiritish talab qilinmaydi, chunki bu vaqtincha chora bo‘lib, muddat o‘tgach, xodim 

o‘z  ishiga  qaytariladi.  Ish  beruvchi  xodimning  boshqa  ishga  vaqtincha 

o‘tkazilganligi  haqida  (sababi,  muddati  ko‘rsatilgani  holda)  buyruq  chiqariladi. 

Bundan tashqari xodimning o‘zining tashabbusi bilan ham vaqtincha boshqa ishga 

o‘tkazilishi mumkin lekin bunda uzrli sabablarni ko‘rsatish kerak. 

 Xodimning  vaqtincha  boshqa  ishga  o‘tkazilishi  to‘g‘risida  buyruqga,  ishlab 

chiqarish  zarurati  yuz  bergani  haqidagi  yoki  ish  to‘xtab  qolgani  haqida  berilgan 

bildirgi,  xodim  salomatligi  ahvoliga  ko‘ra  vaqtincha  boshqa  ishga 

o‘tkazilayotganida  ishbay  xulosa,  ayolning  homilador  yoki  emizikli  bolasi  borligi 

to‘g‘risidagi  maʼlumot,  xodimning  yozma  arizasi  va  boshqa  hujjatlar  asos  bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Xodimlarni  g‘ayri  qonuniy  tarzda  vaqtincha  yoki  doimiy   boshqa 

ishga  o‘tkazish  javobgarlikka  sabab  bo‘ladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi 

Plenumining  1998  yil  17  apreldagi  12-sonli  qarorida  g‘ayriqonuniy  boshqa  ishga 

o‘tkazish  tushunchasi  va  uning  uchun  javobgarlik  haqida  tushuntirilgan.  Unda 

“Xodimni  boshqa  ishga  o‘tkazish  qonunni  ochiq-oydin  buzilgan  holda  amalga 

oshirilgan  deb  topiladi,  agar  u:  ishlab  chiqarish  zaruriyati  yoki  bekor  turib  qolish 

munosabati bilan vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishdan tashqari hollarda, xodimning 

roziligisiz; 

xodimning sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan ishga o‘tkazish, agar ish beruvchiga bu 

haqda oldindan maʼlum bo‘lsa; 

ishlab  chiqarish  zaruriyati  yoki  bekor  turib  qolish  munosabati  bilan  xodimning 

roziligisiz,  agar  jamoa  shartnomasida,  u  tuzilmagan  taqdirda  ish  beruvchi  bilan 

kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  o‘rtasida  yoxud  xodimlarning  boshqa  vakillik  organi 

bilan  kelishilgan  holda  bunday  boshqa  ishga  o‘tkazishlarning  amal  qilish 

muddatlari, shuningdek ishlab chiqarish zaruriyati holatlari belgilanmagan bo‘lsa; 

ishlab  chiqarish  zaruriyati  yoki  bekor  turib  qolish  munosabati  bilan  xodimning 

roziligisiz, boshqa ishga o‘tkazish agar bunday o‘tkazishlarning amal qilish muddati 

jamoa  shartnomasida  belgilangan  muddatlardan,  agar  u  tuzilmagan  bo‘lsa,  ish 

beruvchi  bilan  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  yoxud  xodimlarning  boshqa  vakillik 

organi o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha belgilangan muddatdan ortiq bo‘lsa; 




jamoa  shartnomasiga  kiritilmagan  hollarda  ishlab  chiqarish  zaruriyati  munosabati 

bilan xodimning roziligisiz boshqa ishga o‘tkazish, agar u ish beruvchi 

 va  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  yoki  xodimlarning  boshqa  vakillik  organi 

o‘rtasidagi  kelishuv  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  zaruriyati  hollari  qatoriga  kiritilgan 

bo‘lmasa; 

ish  beruvchi  tomonidan  boshqa  ishga  o‘tkazish  yuzasidan  belgilangan  tartiblarni 

qo‘pol  ravishda  buzgan  boshqa  hollarda  amalga  oshirilgan  bo‘lsa.

1

”deb  belgilab 



quyilgan. 

 2. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi tufayli mehnat 

shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini yoriting? 

Yuqoridagi  holat  bo‘yicha  100-moddaning  3-qismi  bo‘yicha  bekor  qilinadi. 

Yaʼni   xodimning  o‘z  mehnat  vazifalarini  muntazam  ravishda  buzganligi.  Avval 

mehnat vazifalarini buzganligi  uchun  xodim  intizomiy  yoki  moddiy javobgarlikka 

tortilgan  yoxud  unga  nisbatan  mehnat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  va  boshqa 

normativ hujjatlarda nazarda tutilgan taʼsir choralari qo‘llanilgan kundan eʼtiboran 

bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir 

qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi; demak xodim 

tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida 

bajarmagan  holatlar  uchun  qo‘llaniladi.  Masalan  xodim  ishga  soat  8da  kelishi 

belgilangan bo‘lsa u 9da kelsa bu holat ikki va undan ko‘p marotaba takrorlangan 

bo‘lsa  dastlab  intizomiy  jazo  qo‘llashimiz  kerak.  Mehnat  kodeksining  181-

moddasiga  binoan  ish  beruvchi  hayfsan,  o‘rtacha  oylik  ish  xaqqining  30  foizidan 

ortiq  bo‘lmagan  miqdorda  jarima  yoki  mehnat  shartnomasining  bekor  qilinishi 

mumkin.  Lekin  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasining  264-sonli 

qarorida  Vazirlar  mahkamasining  mansabdor  shaxslarga,  davlat  va  xo‘jalik 

boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar, 

shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini 

qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorida belgilab quyilgan. 

Ushbu  holatlarda  intizomiy  jazoni  qo‘llashdan  oldin  xodimdan  yozma  ravishda 

tushuntirish xati olinishi zarur. Agar xodim tomonidan tushuntirish xati yozishdan 

bosh  tortsa  bu  uning  oldingi  nojo‘ya  hatti  harakati  uchun  javobgarlikdan  ozod 

yetilmaydi.  Intizomiy  jazo  berilgani  to‘g‘risidagi  buyruq  yoki  qaror  xodimga 

maʼlum  qilinib,  tilxat olinadi.  Intizomiy jazo  bir  yil  mobaynida  qayta  takrorlansa 

yoki  intizomiy  jazo  muddati  tugamasdan  turib  qayta  sodir  yetilsa  mehnat 

shartnomasi bekor qilinadi. 

 

                                         



1

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli qarori



 

 



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

1.  O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. 

2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  1998-yil  29-

yanvarda  402-son  bilan  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilgan  “Mehnat 

daftarchasini yuritish tartibi to’g’risida” yuriqnoma. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasining  264-sonli  qarorida 

Vazirlar  mahkamasining  mansabdor  shaxslarga,  davlat  va  xo’jalik 

boshqaruvi  organlari,  Qaraqalpog’iston  Respublikasi  vazirlar  kengashi, 

viloyatlar,  shaharlar  va  tumanlar  hokimliklari  rahbarlariga  nisbatan 

intizomiy jazo choralarini qo’llash tartibi to’g’risidagi nizomni tastiqlash 

haqida”gi qarori 

4.   O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plyenumining  1998  yil 17 apreldagi 



12-sonli qarori 

Yüklə 217,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin