Iongann Volpfgang Gyote (1749–1832). Frankfurt shahrida
yurist oilasida tug‘ildi. Laykuna universitetida (grafik) o‘qib yur-
ganda birinchi she’rlarini yozadi. Uning dunyoqarashiga Spinoza
falsafasi-«Poetika» ta’siri katta bo‘ladi. Studentlik yillari Ganpening
154
«Muhammadning hayoti» kitobidan ruhlanib, Muhammad haqida
drama yozmoqchi bo‘ladi (parchalar).
Gyote 1771-yilning 14-oktyabrida buyuk ingliz dramatur-
gi V.Shekspirga bag‘ishlangan kechada ma’ruza qildi. Ushbu
ma’ruzasida u o‘zining estetik dasturini bayon qildi. Ma’ruza Shek-
spir dahosiga aytilgan madhiya bo‘lib, Gyote uni yangi adabiy oq-
imning bayrog‘i deb e’lon qildi.
O‘z hayoti davomida 1600 ga yaqin she’r yozadi. Juda ko‘pchiligi
xalq qo‘shiqlariga aylanadi. «Gets fon Berlixingen» (1773) Gyoten-
ing nomini butun Germaniyaga mashhur qiladi. Dramada XVI asr
voqealariga murojaaat qilinadi. Bosh qahramoni Ges ritsor. U xalq
orasida juda mashhur. Isyonkor shaxs taqdiri uni juda qiziqtiradi.
Asar uning Shekspir bilan juda qiziqqan davrida yaratildi (Xronika-
lar ruhida). Asar klassitsizm teatridan butunlay farq qiladi.
1774-yili «Yosh Verterning iztiroblari « romanini yozdi. Asar qa-
hramoni Verter – byurger oilasidan chiqqan iste’dodli, nozik tabiat
yosh yigit. U o‘z davri uchun juda yaxshi ma’lumot olgan, klassik
adabiyotni, ayniqsa, Gomer asarlarini sevib o‘qiydi. Qalbi olijan-
ob his-tuyg‘ularga boy. Verter tabiatning erkin farzandi, u Russo
ta’limotining ixlosmandi. Verter Sharlotta ismli qizni sevib qolgan.
Ammo Sharlotta boshqa yigit – Albertga unashtirilgan edi. Shu sa-
babli Verter qizni unutish maqsadida shaharga borib, diplomatiya
idorasiga ishga kiradi. Ammo bu yerda uning ishi yurishmaydi. O‘z
xo‘jayini graf saroyidagi ziyofatda hozir bo‘lgan Verter yuqori ta-
baqa vakillariga yoqmaydi. Verterning xo‘jayini mehmonlarning
xohishini unga aytgach, yigit bu uydan chiqib ketadi. Ertasiga butun
shaharga, go‘yo Verter mehmondorchilikdan haydab yuborilganligi
haqida be’mani tuhmat gaplar tarqaladi. Haqoratlangan Verter ariza
berib ishdan bo‘shaydi. Yana o‘z sevgilisi yoniga qaytib boradi. Endi
Sharlotta turmushga chiqqan, Verterning Sharlottalarnikiga kelishi
bu oilani obro‘sizlantirgan bo‘lar edi. Chorasiz qolgan Verter o‘zini
o‘zi o‘ldiradi. Gyote zamondoshlari asarning bunday yechim bilan
tugallanishiga salbiy munosabat bildirdi, hatto Lessing ham Vertern-
155
ing o‘z joniga qasd qilishini qahramonning irodasizligi, ojizligiga
yo‘ydi. Garchi Gyote bu fikrlarga qo‘shilmasa-da, romanning ikkin-
chi nashriga quyidagi she’riy misralarni epigraf qilib kiritdi:
“Er bo‘lgin, men yurgan yo‘ldan yurmagin”. Gyote qahramoni
ichki dunyosi boy sentimental obrazdir. XVIII asr yozuvchilari
uchun, jumladan, Gyote uchun ham inson sezgilarining ifodasi
o‘sha zamon feodal tuzumida hukm surayotgan shafqatsizlik,
toshbag‘irlikka qarshi kurash ifodasini anglatar edi. Bu hol inson
uchun, uning har tomonlama kamoloti yo‘lidagi kurashni bildi-
radi. XVIII asr insonparvarlari barcha qobiliyatlarini, qalbining
boy his-tuyg‘ulari to‘la namoyon qilinishini istar edilar. Insonni
tabiat bekam-u ko‘st yaratadi, ammo adolatsiz jamiyat sharoiti
undagi barcha illat va qusurlarni keltirib chiqaradi, deb hisobla-
ganlar.
Gyote lirikasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning she’riyati
badiiy yetuk, serma’no va hayotiydir. Shoir o‘z lirikasida xalq hayo-
tiga, uning og‘zaki ijodiga murojaat qilib, yana ana shu xalq folklyori
xazinasini ajoyib durdonalar bilan boyitadi. Gyote she’riyati kishin-
ing murakkab ichki dunyosini ochib beradi. Xalq tili, uning ohan-
grabo musiqiyligi, quvnoq lapar ohanglari kitobxon qalbini junbush-
ga keltirib, lirikaning sirli sehriga maftun qilib qo‘yadi. Lirikasining
asosiy mavzui inson, uning sevgisi, uning tabiat bilan uyg‘unlashib
ketgan hayotiy, falsafiy go‘zallik va ozodlik haqidagi olijanob orzu-
larini tarannum qiladi. Gyote dunyo madaniyatining bir ildizi, bir
asosi bor, bu ham bo‘lsa, G‘arbda, G‘arb-madaniyat beshigi, degan
noilmiy fikrga qarshi o‘laroq, dunyo madaniyati yagona jarayon va
qonuniyatlar asosida rivojlanishi, bu jarayonda Sharq hech qachon
G‘arbdan keyin qolmaganini, balki ko‘p sohalarda undan ilgarilab
ketganini ta’kidlaydi.
Aytish joizki, adibning Sharqqa hurmati, ehtiromi uning Ho-
fiz Sheroziy ijodi ta’sirida yaratilgan “Devoni” da o‘z ifodasini
topdi:
156
Hofiz, sen-la bellashmoqqa
Yo‘l bo‘lsin bizga!
Lochin kabi uchar yelkan
To‘lqinlar uzra.
Yengil, epchil uchib borar
Intilib olg‘a,
Agar to‘fon ko‘tarilsa,
Azobda darg‘a!
Qo‘shiqlarning ko‘kka uchar
Olov qushiday,
Dengiz o‘tga do‘nsa agar
Men uchun qo‘ymay!
Shoirning sharq mavzusiga bo‘lgan qiziqishi yangi hodisa emas
edi. Bir qancha san’atkorlar o‘z ijodlarida sharqqa murojaat qilgan-
lar. Jumladan, Shekspir (“Otello”), Rasin (“Boyazid”), Monteske
(“Fors maktublari”), Volter (“Muhammad”), Bayron (“Sharq dos-
tonlari”), Viktor Gyugo (“Sharq motivlari”) kabi misollarni aytib
o‘tish kifoya.
Gyote g‘arb va sharq adabiyotlarining boyib, rivojlanishini bir-
biri bilan yaqinlashuvida deb biladi. U sharq bilan g‘arb, o‘tmish
bilan hozirgi zamon, ularning urf-odatlari, muloqot va mushoha-
dalarini, biri orqali ikkinchisini tushunishni maqsad qilib qo‘yadi.
“Mag‘rib-u mashriq devoni” da Gyote sharqning buyuk shoirlari
Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy hamda Sa’diy ijodini nozik talqin qilib,
o‘ziga xos falsafiy lirika javharlarini yaratadi. Shoirning “Devoni”
sharq va g‘arb she’riyati bir-biriga yaqin, umumbashariy adabiyot
ekanligini isbotlaydi. “Mag‘rib-u mashriq devoni” o‘n ikki kitobga
bo‘linadi. Bular: “Qo‘shiqchi kitobi”, “Hofiz kitobi”, “Sevgi kito-
bi”, “Mushohada kitobi”, “Qobus kitobi”, “Soqi kitobi”, “Norozilik
kitobi”, “Hikmat kitobi”, “Zulayxo kitobi”, “Temur kitobi”, “Ma-
sal kitobi” hamda “Jannat kitobi” dan iborat. Bu she’riy to‘plamda
shoirning hayot, insonlarning taqdiri, tinchlik haqidagi o‘ylari o‘z
ifodasini topadi.
157
“Devon”da shoir timsollar, majozlar, qochiriqlar yo‘li bilan
she’riyat, ijodiyot, sharq madaniyatining xususiyatlari haqida fikr
yuritadi. “Devon”ning “Hijrat” deb ataluvchi she’ri to‘plamning
muqaddimasi hisoblanadi. “Devon”ning tarixiy mazmuni shuki,
unda 622-yilda Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga
ko‘chib o‘tishi ko‘zda tutiladi. Ayni vaqtda “Hijrat” shoir Gyoten-
ing sharqqa yuz o‘girishini bildiradi. U g‘arbning bo‘g‘iq, diqqina-
fas muhitidan qochib, sharqning keng va sof havosidan to‘yib-to‘yib
nafas olishga oshiqadi.
Dostları ilə paylaş: |