Jan-Pol Sartr (1905–1980) va ekzistensializm. XX asr fransuz
adabiyotining taniqli namoyandasi, faylasuf va yozuvchi, ekzisten-
siyachilik ta’limotining asoschisi Jan-Pol Sartr 1905-yil 21-iyun
kuni Parijda tug‘ildi. La-Roshel va Parijdagi litseylarda o‘qib, key-
inchalik oliy maktabni tamomlagach, Gavr, Lion, Parij litseylarida
falsafadan dars berdi. 1933–1934-yillarda Germaniyada chet el va
nemis ekzistensiyachilik nazariyasini, Edmund Gusserl fenome-
nologiyasi va Xaydegger ontologiyasini chuqur o‘rgandi. Sartrning
ilk falsafiy asarlari “Tasavvur” va “Hayajonlar nazariyasiga chizgi-
lar” 1936–1940-yillarda yozdi. Aynan shu davrda uning birinchi ad-
abiy asarlari “Behuzurlik”(1938) va “Devor”(1939) ham bosmadan
chiqdi.
Sartr 1943–1949-yillarda yozilgan “Ozodlikning yo‘llari”,
“Pashshalar”(1943), “Yopiq eshik ortida”(1945), “Ko‘milmagan
mayyitlar”(1946), “Iflos qo‘llar”(1946), “Iblis va Xudo”(1951),
“Nekrasov”(1956) kabi badiiy asarlarida, “Bodler”(1947), “Avliyo
Jene”(1952) asarlarida esa tanqidiy fikrlarini bayon qildi. “Holat-
lar”(1947–1956) asarida uning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-tanqidiy fi-
krlari o‘z ifodasini topgan.
“Ekzistensiyachilik, bu – hayotbaxshlilik, harakat haqidagi
ta’limotdir”, – deb yozadi Sartr. Ekzistensializm – bu kun ko‘rish
falsafasi. Kun ko‘rishning asosi – kechinma. Shaxs o‘zining bor-
liq – olamdagi mavjudligini kechinmalari orqali idrok etadi. Shunga
ko‘ra shaxsning ongi doim boshqa bir narsalarga qaratilgan. Boshqa
narsalar hamisha uni o‘ziga tortib mashg‘ul qilib turadi, kechinma-
larni uyg‘otadi, qo‘zg‘atadi, ularga yo‘nalish beradi.
“Behuzurlik” romani ekzistensiyachilik g‘oyasini bilish uc-
hun o‘ziga xos darslik vazifasini bajarishi mumkin. Asar kundalik
240
shaklida yozilgan bo‘lsa-da, o‘ziga xos turi: u individum(har bir
mustaqil tirik organizm)ning kundaligi emas, individ(shaxs)ning
kundaligi. “Sizga kundalikni o‘qish jarayonida ham, uni tugatgan-
dan keyin ham muallifi haqida hech narsa ma’lum bo‘lmaydi. Bu
shaxsning kundaligi emas, zotning kundaligi”, – deb yozgan edi
Antuan Arkanten. Odam daf’atan, hech bir sababsiz atrofidagi ol-
amga va jumladan, o‘ziga ham o‘zgacha qaray boshlaydi. U hamma
qatori odatiy hayot kechiradi va to‘satdan olam parchalanib ketayo-
tgani, odat bo‘lib qolgan narsalar noodatiy bo‘la boshlayotganini
his qilayotganini sezib qoladi. Tushunib olish maqsadida kundalik
yozishni boshlashga qaror qiladi. U o‘z fikrlarini yozib borar ekan,
qo‘qqisdan bu dunyodagi barcha narsalar, jumladan, uning o‘zi ham
shunchaki yashayotganini, tasodifan ekanini anglaydi. Juda chiroyli
manzara: quyosh nurlari tushib turgan oppoq devor, did bilan kiyin-
gan yigit va qiz peshvoz yurib kelmoqda, hamma ularning uchrashi-
shi va bir-biridan bo‘sa olishlarini kutmoqda, biroq ular... to‘xtamay
o‘tib ketadilar. Bu uning xayolida yaratilgan manzara. (Sartrning
turmush o‘rtog‘i adiba Simona Dyubuaning “Dilbar odam”( yoki
“Go‘zal manzaralar”) romanining qahramoni dekoratsiya ishlov-
chi rassom, dizayner, u ba’zi alohida predmetlardan yaxlit surat
yasash ustida ishlaydi. Ayol vitrinalar yonidan o‘tib borar ekan,
qo‘lqoplarni ko‘rib qolib, juda ham sotib olmoqchi bo‘ladi, sotib ol-
gach, uyiga kelganida qo‘lqopni tomosha qilib, nima sababdan sotib
olganini tushunmaydi. Biroq u o‘z kasbining ustasi, shuning uchun
qo‘lqop, go‘zal manzarani yaratish uchun kerakli va yetishmayotgan
detal ekanini anglaydi). Sartrda ham shunga o‘xshash vaziyat yu-
zaga keladi. Unga olamning manzarasi bo‘lmasligi ma’lum bo‘ladi.
Uning o‘rnida xaos(turli elementlarning tartibsiz joylashishi) ma-
vjud bo‘lib, odam uning oldida yalang‘och va sarpoychang, u qabul
qilishi yoki rad etishi mumkin. Asar qahramoni Rokanten tanlash
payti kelganda, oldinga qadam tashlaydi va erkinlikni his qiladi. U
“daraxt” deb ataluvchi predmetni, predmet turi ma’nosida emas, bal-
ki qandaydir noyob narsa ma’nosida ko‘radi. Qahramon qandaydir
241
nodir narsani ko‘rgandek, bu po‘stloqni, uning g‘adir-budurliklarini,
har bir yaproqni, bu novdalarni, bu ildizlarni ko‘radi, u o‘zini shu
daraxt deb sezadi, bu betakror, ajoyib daraxtning hayotini his qiladi.
Muallifning fikricha mana shu holat reallikdir.
Rokanten o‘zining yozuvchilik, tadqiqotchilikka iqtidori bor-
ligini his qiladi. U o‘z ichki dunyosi va u orqali tashqi olam narsa-
hodisalarini to‘xtovsiz kuzatadi, ular ustida o‘y suradi. U mushoha-
da odami. Ko‘zi tushgan narsalarga uzoq tikiladi. Tikilib turganida
goho kutilmaganda bir qo‘rqinch paydo bo‘ladi. Ba’zan kuzatayot-
gan narsalari unda intihosiz nafrat qo‘zg‘atadi. Nafrati behuzurlikka
aylanadi. Lekin uning mushohadalari o‘tkir va juda nafis. U o‘zida
fikr paydo bo‘lishini shunday kuzatadi: “Fikrlarim so‘z libosiga
burkanmaydi, ko‘pincha ular tuman parchalariga aylanadi, g‘alati,
noayon shakllarga kiradi, biri uzra boshqasi qalashadi va men ular-
ni o‘sha zahoti unutaman...”
Sartrning “Behuzurlik” romani ekzistensializm falsafasi mohi-
yatini o‘zida to‘la mujassam etgan asaridir.
Yozuvchining “Pashshalar”, “Yopiq eshik ortida” pyesalari hamda
“Hayot va o‘lim” falsafiy asari Ikkinchi jahon urushi yillari yozildi.
“Pashshalar” pyesasida odamlar uchun dunyoda ob’ektiv
ma’naviyat mavjud emas va ular o‘zlariga ma’qul bo‘lgan tanlovni
qabul qilishga haqlidirlar, degan g‘oya yotadi. Antik davr syujeti
asosida yozilgan pyesa qahramoni Orest Zevs oldida otasiga xiyo-
nat qilgan o‘z onasini o‘ldirgani uchun kechirim so‘rashdan bosh
tortadi. Fransiya fashistlar Germaniyasi tomonidan istilo qilingan
bir davrda asarda ozodlik va erkinlikka ehtirosli chaqiriq bor edi.
“Yopiq eshik ortida” pyesasi do‘zaxga loyiq topilgan uch person-
ajning suhbatidan iborat bo‘lib, ekzistensializm iborasi bilan aytil-
ganda, mavjudlik mohiyatdan oldinda, insonning xarakteri muayyan
harakatlarni bajarganda shakllanadi, hal qiluvchi daqiqada qahra-
mon cho‘chisa, u mohiyatan qo‘rqoq bo‘ladi. Sartrning fikricha,
ko‘pgina odamlar o‘zlarini atrofdagilar qanday baholasalar, shunday
deb qabul qiladilar.
242
“Hayot va o‘lim” falsafiy asarida Sartr, “ong o‘z –o‘zidan
bo‘lmaydi, tashqi olamni, atrofimizdagi narsalarni anglash bor”, –
degan fikrni ilgari suradi. Odamlar o‘z qilmishlari uchun o‘zlarining
oldida javob beradilar, umuman, kishilar buning uchun hisob bera-
dilarmi-bermaydilarmi, har qanday harakat qandaydir qiymat kasb
etadi, deydi muallif
31
.
Sartrning estetikasi ko‘proq amaliy xarakterga ega: u butun ijodin-
ing uzviy qismini tashkil qilib, falsafiy va badiiy ijodga bog‘lanadi.
Uning estetikasida muayyan tizimning o‘zi yo‘q, biroq asosiy es-
tetik g‘oya va tamoyillarni ko‘rish mumkin. U o‘zining “Adabiyot
nima?” risolasida zamonaviy jamiyatdagi san’atkor va adabiyotning
mavqeyi haqida fikr yuritib, yozuvchilarni so‘zlardan foydalanu-
vchi odam, u anglatadi, isbotlaydi, ishontiradi, ishora qiladi desa,
shoirlarni so‘zdan foydalanishni inkor qiluvchi odamlar, ular uchun
so‘zlar tabiiy narsalar deydi. “Nasr reallik bilan, she’riyat tasavvur
bilan bog‘liq. Nasrda ijod ongli ixtiyor, mas’uliyat va muallifning
axloqi bilan shartlanadi, she’riyatda esa ijod – muallifning anglab
yetmagan dunyosi, anglab yetmagan tajribasi mahsuli: “Nosir o‘z
suratini chizgan bir paytda, deydi Sartr , – she’riyat inson haqida
afsona yaratadi”.
32
Sartrning faoliyatida adabiy ijod va san’atga katta o‘rin ajratil-
gan. Yozuvchi hamma ijodkorlar kabi, umuman, barcha narsa haqi-
da so‘zlashi kerak, shuningdek, sub’ektiv va ob’ektiv dunyo haqida
ham. Inson hayotidagi hech qanday muammo uning uchun qorong‘i
yoki begona bo‘lishi mumkin emas. Insoniyat hamda inson dunyo-
siga tegishli hamma narsa yozuvchi va ijodkorning ijodiy qarashlari
sohasiga tegishlidir.
Faylasufning tushunchasida nasr bu – muhim ramz, nisho-
nalarni yaratadigan idrok quroli kabi semantik tildir. She’riyat
– assemantik til. U tasvir va kuy kabi hissiy hamda tuyg‘un,
31
Ermatov H. Nobel mukofoti sovrindorlari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2011-y.
32
Долгов К. Эстетика Жан-Поля Сартра. – М.: “Знание”, 1990.
243
jo‘shqin narsalarning xususiyatlari va ma’nosini ochib beradi
33
.
1964-yili “erkinlik ruhi bilan sug‘orilgan va mohiyatni izlagan
g‘oyalarga boy, davrimizga ulkan ta’sir ko‘rsatgan ijodi uchun” Sar-
trga xalqaro Nobel mukofoti berildi, biroq u mukofotdan voz ke-
chib, o‘z qarorini mukofotning shuhrati uning siyosiy faoliyatiga
to‘sqinlik qilishi mumkinligi bilan izohladi. Jan-Pol Sartr 1980-yili
Parijda vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: |